AsosiyJamiyat

Toshkentda 110 mingta uy buziladimi?

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

'Toshkentda 110 mingta uy buziladimi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda 110 mingta uy buzilishi boshlangani haqida xabarlar tarqaldi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bu xabarlar asossiz ekanligini bildirdi.

“Bu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, — deyiladi vazirlik raddiyasida.

Qayd etilishicha, ayni kunlarda mamlakatda ko‘p qavatli uy-joy fondining seysmik holatini o‘rganish va baholash ishlari olib borilmoqda. Bu tadbirlar aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida profilaktik tarzda amalga oshirilmoqda.

Hozirda hech qanday rasmiy hujjatlarga ega bo‘lmagan bitta obyektda seysmik talablarga mos kelmaslik holati aniqlangan. Fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ushbu obyekt bo‘yicha belgilangan tartibda tegishli chora-tadbirlar ko‘rilgan.

“Ayni vaqtda ommaviy ravishda uy-joylarni buzishga oid hech qanday qaror yoki reja mavjud emas”, — deyiladi xabarda.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi fuqarolardan ishonchsiz manbalar orqali tarqalayotgan asossiz xabarlarga ishonmaslik va rasmiy ma’lumotlarga tayanishni so‘radi. Shuningdek, yolg‘on axborot tarqatganlik uchun qonunchilikda javobgarlik belgilanganini eslatib o‘tdi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvar holatiga ko‘p kvartirali uylar soni 46 476 taga yetdi. Shundan besh qavatli va undan ortiq bo‘lgan uylar esa 12 604 tani yoki jamiga nisbatan 27,1 foizni tashkil etdi.

Prezident qarori bilan 2024 yil 1 iyundan MSK-64 shkalasi bo‘yicha 8 va undan yuqori ballik seysmik faol zonalarda yangi qurilishi rejalashtirilayotgan 5 qavatdan yuqori tibbiyot obyektlari hamda 9 qavatdan yuqori binolarni aktiv seysmik himoyalash qurilmalari, shu jumladan, seysmoizolyatsiya va dempfer uskunalari bilan loyihalash amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.

Toshkent shahri hududi seysmik potensiali yuqori bo‘lgan zonada joylashgan bo‘lib, hududda magnitudasi M 6,5 ball va unda yuqori bo‘lgan zilzilalar sodir bo‘lish xavfi bor.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar

''ning rasmi

Jamiyat 24.11.2025 22:06

'Endi sud tizimiga aralashish, sudyalarga bosim o‘tkazish va faoliyatiga aralashganlik uchun qonun bo‘yicha keskin chora ko‘riladi'ning rasmi

Jamiyat 24.11.2025 20:38

'2026 yilda issiq suv va issiqlik ta'minoti tariflari oshiriladi'ning rasmi

Jamiyat 24.11.2025 20:27

2026 yilda issiq suv va issiqlik ta'minoti tariflari oshiriladi

Issiq suv va issiqlik tariflarining oshirilishiga tabiiy gaz, elektr energiya, suv — uchta asosiy resurs narxlarining oshishi sabab bo‘lishi ta’kidlanmoqda.

'Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili etib tayinlandi'ning rasmi

Jamiyat 24.11.2025 20:19

Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili etib tayinlandi

Tayinlov Prezident administratsiyasi rahbarining buyrug‘i bilan amalga oshirildi.

'O'zbekistonda kontrafakt "Smekta" ishlab chiqaruvchisi jarimaga tortildi'ning rasmi

Jamiyat 24.11.2025 19:15

O'zbekistonda kontrafakt "Smekta" ishlab chiqaruvchisi jarimaga tortildi

Kompaniya frantsuz kompaniyasining brendini eslatuvchi belgidan noqonuniy foydalangan.

'Jizzaxda IIB xodimi YTHdan so‘ng vafot etgani aytilmoqda'ning rasmi

Jamiyat 24.11.2025 14:29

Jizzaxda IIB xodimi YTHdan so‘ng vafot etgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan usbu holat yuzasidan hali rasmiy izoh berilmadi.