16 iyun holatiga ko‘ra, 30 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Eron hududidan Turkmaniston va Ozarbayjon orqali muvaffaqiyatli evakuatsiya qilingan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonov ma’lum qildi.
“Mazkur jarayonda yaqindan ko‘mak bergan Turkmaniston, Ozarbayjon va Eronlik hamkasblarimizga chuqur minnatdorlik bildiramiz”, deydi u.
Bildirilishicha, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida barcha zarur choralar ko‘rilmoqda. Eron va Isroildagi elchixonalar 24/7 rejimida faoliyat yuritmoqda. Ayni paytda ushbu davlatlarda bo‘lib turgan fuqarolarga xavfsiz joylarda bo‘lish, rasmiy axborotlarni doimiy ravishda kuzatib borish va elchixonalar bilan aloqada bo‘lish tavsiya etiladi.
Erondagi elchixona aloqa ma’lumotlari:
- Telefon: +98 (21) 22299780, 22832025;
- Elektron pochta: iri.uzembassy@mfa.uz.
Isroildagi elchixona aloqa ma’lumotlari:
- Telefon: +972 (3) 672-2466, 672-2371, 758-5075, 758-5076;
- Shoshilinch xabarlar uchun: +972 (54) 485-1397;
- Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz.