AsosiyJamiyat

Toshkentda bayram kuni transport oqimi yuqori: 500 mingdan ortiq avtomobil shaharni tark etdi

Bu yuqori transport oqimi Ramazon hayiti bayrami va dam olish kunlari munosabati bilan aholining ommaviy ravishda shahardan chiqishi bilan bog‘liq.

'Toshkentda bayram kuni transport oqimi yuqori: 500 mingdan ortiq avtomobil shaharni tark etdi'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 19 mart kuni soat 09:00 dan 20:00 gacha 500 mingdan ortiq avtomobil poytaxt hududini tark qilgan.

Bu yuqori transport oqimi Ramazon hayiti bayrami va dam olish kunlari munosabati bilan aholining ommaviy ravishda shahardan chiqishi bilan bog‘liq.

Shaharda yo‘l harakati holati Yagona tezkor boshqaruv markazi orqali sutka davomida nazorat qilinmoqda. Videokuzatuv tizimlari yordamida ko‘chalar, asosiy magistrallar va chiqish postlarida vaziyat real vaqt rejimida kuzatib boriladi.

Bayram kunlari ayrim hududlarda qisqa muddatli tirbandliklar kuzatilgan. YXHB xodimlari yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishni, masofani saqlash va tezlik rejimini buzmaslikni tavsiya qilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Трамп депортация сиёсатида йўналишни ўзгартирмоқда'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:18

    'Guterriş: Yaqin Sharqdagi mojarolarni to‘xtatish AQShning siyosiy irodasiga bog‘liq'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:46

    Guterriş: Yaqin Sharqdagi mojarolarni to‘xtatish AQShning siyosiy irodasiga bog‘liq

    BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh tomonlarni mojaroni yumshatishga chaqirdi.

    'Boylik emas, baxt muhimroqmi? Dunyo reytingida kutilmagan natijalar'ning rasmi

    Jamiyat 19.03.2026 13:03

    Boylik emas, baxt muhimroqmi? Dunyo reytingida kutilmagan natijalar

    2026 yilgi Jahon baxti hisobotida yana shimoliy davlatlar yetakchilikni qo‘lga oldi.

    'Bodrumda o‘zbekistonlik ayolga tajovuz qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 19.03.2026 12:48

    Bodrumda o‘zbekistonlik ayolga tajovuz qilindi

    Туркиянинг Бодрум шаҳрида 36 ёшли Ўзбекистон фуқароси икки нафар эркак томонидан жинсий тажовузга учрагани хабар қилинди.

    'Dollar ketma-ket to‘rt kun ko‘tarildi'ning rasmi

    Jamiyat 19.03.2026 11:28

    Dollar ketma-ket to‘rt kun ko‘tarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 24 martda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.

    'Toshkentda 33,5 mlrd so‘mlik noqonuniy mahsulotlar aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 19.03.2026 11:17

    Toshkentda 33,5 mlrd so‘mlik noqonuniy mahsulotlar aniqlandi

    Chetdan mamlakatga noqonuniy olib kirilgan katta miqdordagi mahsulotlar fosh etildi.