AsosiyJAMIYAT

Otabek Muhammadzohid va Munisa Rizaevaga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni berildi

Xonandalar Munisa Rizayeva va Otabek Muhammadozohid “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

'Otabek Muhammadzohid va Munisa Rizaevaga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni berildi'ning rasmi

Bu haqda Prezidentning “Madaniyat, san'at va adabiyot sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida”gi farmonida belgilandi.

Ma'lum qilinishicha, Munisa Rizaeva “O'zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi sifatida, Otabek Muhammaddozohid esa O'zbekiston davlat filarmoniyasining Farg'ona viloyati bo'linmasi xonandasi sifatida mazkur unvonga sazovor bo'lgan.

Munisa Rizaeva 1986 yil Toshkent shahrida tug'ilgan. U “Ayrilma, yor”, “Ko'zlarim yana”, “Aha-oho”, “Sekin-asta” kabi qo'shiqlari bilan keng ommaga tanilgan. Shuningdek, bir qator filmlarda ham rol ijro etgan.

Otabek Muhammaddozohid 1974 yil Farg'ona viloyatida tavallud topgan. U “Meni unutma”, “Besh kunlik dunyo”, “Malla soch” kabi taronalari bilan muxlislar mehridan qozongan.

    Boshqa yangiliklar