Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim hududlarda 13–18 m/s gacha kuchayishi va chang-to'zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15–23°, kunduzi 30–38° atrofida bo'ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yog'ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamol kuchayib, chang-to'zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati kunduzi 33–38° gacha ko'tariladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o'zgaruvchan bo'ladi. Faqat Toshkent viloyatida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi va momaqaldiroq bo'lishi ehtimoli bor. Keyingi kunlarda yog'ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 27–37° oralig'ida bo'ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo quruq va issiq bo'lishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati 35–40° gacha ko'tarilishi mumkin.
Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Keyingi kunlarda quruq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kunduzi 32–37° gacha ko'tariladi.
Respublikaning tog'oldi va tog'li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Ayrim joylarda kuchli yomg'ir va do'l yog'ishi ehtimoli bor.






