AsosiySalomatlik

Charchoq bilan holsizlikni qanday farqlash mumkin?

Bugungi kunda ko‘pchilik doimiy charchoqdan shikoyat qiladi. Ammo bu holat haqiqiy charchoqmi yoki ruhiy holsizlik holatimi?

'Charchoq bilan holsizlikni qanday farqlash mumkin?'ning rasmi

Psixolog bu ikki holatni qanday ajratish mumkinligi haqida ma’lumot berdi.

Charchoq — tabiiy va vaqtinchalik holat

Hammamiz shunday holatni bilamiz: kun oxirida tanamiz og‘irlashadi, fikrlarimizni jamlash qiyinlashadi, va yagona istak — divanga yotib dam olish. Bu — klassik charchoq. Uning asosiy xususiyatlari:

·         Jismoniy belgilari: mushaklarda og‘riq, uyquchanlik, yengil bosh og‘rig‘i.

·         Hissiy holat: asabiylik, vaqtinchalik motivatsiya pasayishi, apatiya.

·         Aqliy holat: diqqatni jamlashda qiyinchilik, sekin reaksiya, "boshim og‘irdek" tuyg‘usi.

·         Eng muhimi: charchoq ma’lum sababga bog‘liq va dam olishdan so‘ng o‘tib ketadi. Bir necha kunlik ta’til, to‘yingan uyqu yoki hafta oxiridagi faol dam olish orqali inson yana kuch to‘playdi va ishga qaytishga tayyor bo‘ladi.

Holsizlik — ruhiy talofat va chuqur xastalik

Holsizlik — bu biror voqeaga javob emas, balki uzoq davom etgan stress va ma’nosiz mehnat fonida yuzaga keladigan holat. Bu shunchaki "batareya tugadi" degani emas, balki "dvigatel yonib ketdi" deganidir. Uning belgilari:

·         Jismoniy holat: dam olishdan so‘ng ham o‘tmaydigan doimiy charchoq, uyqusizlik, immunitet pastligi, tez-tez shamollash. Ertalab uyg‘onish ham og‘ir kechadi.

·         Hissiy belgilari: kinizm, bee’tiborlik, o‘z faoliyatidan befarqlik, ichki bo‘shliq va umidsizlik hissi.

·         Aqliy belgilari: xotira muammolari, e’tiborning zaifligi, "miya tumani", har qanday qarorni qabul qilishda qiyinchilik.

·         Kalit belgisi: bunday holat aniq sababsiz tarqoq bo‘lib namoyon bo‘ladi. Odamning ishga nisbatan munosabati sovuqlashadi: “Menga baribir”, “Bu ishni qilgim kelmaydi”, “Hech narsa menga zavq bermaydi”.

Eng xavflisi — holsizlik standart dam olish yordam bermaydigan holatdir. Ta’tildan so‘ng inson vaqtincha yengillik his qilishi mumkin, ammo tez orada yana o‘sha og‘ir kayfiyatga qaytadi. Muammo ishda emas, balki insonning ichki motivatsiyasi va ruhiy holatida bo‘ladi.

Nima qilish kerak?

Agar siz oddiy charchoqni his qilayotgan bo‘lsangiz — dam oling, sifatli uxlang, haftaning oxirida o‘zingizga vaqt ajrating. Ammo ruhiy holsizlik belgilari kuzatilsa psixolog yordami, hayot tarzini o‘zgartirish va ish muhitini qayta ko‘rib chiqish lozim.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Salomatlik 17.01.2026 15:58

    'Kaliforniyalik bola dunyoda ilk marotaba gen terapiyasini qabul qildi'ning rasmi

    Salomatlik 24.11.2025 20:02

    Kaliforniyalik bola dunyoda ilk marotaba gen terapiyasini qabul qildi

    Bu kasallik odatda bolaning organizmi va miyasida qaytarilmas o'zgarishlarga olib keladi, og'ir holatlarda esa bemorlar 20 yoshga yetmay hayotdan ko'z yumadi.

    'Dunyoda ilk bor parranda grippidan odam o‘limi qayd etildi'ning rasmi

    Salomatlik 24.11.2025 04:11

    Dunyoda ilk bor parranda grippidan odam o‘limi qayd etildi

    AQSHda parrandalar orasida uchraydigan H5N5 shtammi birinchi marta inson hayotiga zomin bo'ldi.

    'Toshkentda havo keskin ifloslandi: aholiga niqob takish tavsiya etildi'ning rasmi

    Salomatlik 20.11.2025 08:29

    Toshkentda havo keskin ifloslandi: aholiga niqob takish tavsiya etildi

    20 noyabr kuni tongdan boshlab Toshkentda havo sifati keskin yomonlashdi.

    'COVID-19 vaktsinalari saraton davolashda yordam beradimi?'ning rasmi

    Salomatlik 16.11.2025 20:05

    COVID-19 vaktsinalari saraton davolashda yordam beradimi?

    Vaksina olgan ayrim saraton bemorlarining yashash muddati ikki baravar oshgani aniqlandi.

    ''ning rasmi

    Salomatlik 16.11.2025 12:07