AsosiyDunyo

“Isroil hammamiz uchun “iflos ishni” qilmoqda” – germaniyalik siyosatchi

Germaniyaning muxolifdagi yetakchi siyosatchisi Fridrix Mers Eronning hujumlarini oqlab chiqdi.

'“Isroil hammamiz uchun “iflos ishni” qilmoqda” – germaniyalik siyosatchi'ning rasmi

Isroilning Eron hududiga uyushtirgan harbiy zarbalari xalqaro miqyosda tanqidlar va xavotir uyg‘otayotgan bir paytda, Germaniyaning muxolifdagi yetakchi siyosatchisi Fridrix Mers bu hujumlarni oqlab chiqdi. U Isroilni “hammamiz uchun zarur, ammo iflos bo‘lgan ishni bajarayotgan” davlat deb atadi.

“Men faqat shuni aytishim mumkin: Isroil armiyasi va hukumati bu ishni amalga oshirishga jur’at topgani uchun ularga chuqur hurmatim bor. Aks holda, biz hali uzoq yillar Eron rejimining terrorini tomosha qilib o‘tirgan bo‘lardik. Yana yomoni, bu terror yadro quroli bilan ham birga kelgan bo‘lishi mumkin edi”, – deydi Mers Germaniyaning ZDF telekanaliga bergan intervyusida, Italiyada bo‘lib o‘tayotgan “Katta Yettilik” (G7) sammiti doirasida.

“XAMAS” ortida kim turgani ayonmi?

Fridrix Mersga ko‘ra, Eron butun dunyoga o‘lim va halokat tarqatmoqda. U Tehronni “Xizbulloh” va “XAMAS” orqali sodir bo‘layotgan hujumlar, suiqasdlar va qotilliklarning bosh homiysi sifatida ko‘rsatdi. “7-oktabr kuni Isroilga uyushtirilgan XAMAS hujumi hech qachon Tehron rejimisiz sodir bo‘lmagan bo‘lardi”, – deya qo‘shimcha qildi u.

Urush davom etmoqda: qurbonlar soni oshmoqda

Isroil mudofaa kuchlari 13 iyun kuni Eronga qarshi harbiy amaliyotni boshlaganini e’lon qildi. Maqsad – Eronning yadroviy salohiyatini yo‘q qilish. Bunga javoban Eron Isroil shaharlariga raketalar va dronlar orqali zarba berdi. Isroilda kamida 24 kishi halok bo‘lgan, yuzlab odamlar jarohatlangan.

Ammo bu ziddiyatning eng og‘ir talafotlari Eron ichkarisida yuz bermoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Tehronda – aholisi 15 milliondan ortiq bo‘lgan shaharda – bombadan saqlanish inshootlari yo‘q. 13 iyundan beri nishonga olingan obyektlarning aksariyati shahar ichida joylashgan.

Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Hosseyn Kermanpurga ko‘ra, 15 iyun oqshomiga kelib, Isroil zarbalari oqibatida 224 kishi halok bo‘lgan, 1200 dan ortiq fuqaro yaralangan. Uning ta’kidlashicha, jabrlanganlarning 90 foizi – tinch aholi vakillari.

Shu bilan birga, tomonlar bildirilayotgan barcha da’volarni mustaqil manbalar orqali tasdiqlash hozircha imkonsiz.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Rossiya Ukrainaga uyushtirgan hajmi ortidan 22 kishi kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:31

    Rossiya Ukrainaga uyushtirgan hajmi ortidan 22 kishi kishi halok bo‘ldi

    6 nafar ukrainalikning jasadi poyezd vayronalari ostidan olib chiqilgan.

    'Tolibon Xitoy bilan 25 yillik neft shartnomasini bekor qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:11

    Tolibon Xitoy bilan 25 yillik neft shartnomasini bekor qildi

    Bunga kompaniyaning shartnoma shartlarini buzgani sabab bo‘lgan.

    'Kanada Ukrainaga 1,5 mlrd dollarlik harbiy yordam paketini ajratadigan bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:53

    Kanada Ukrainaga 1,5 mlrd dollarlik harbiy yordam paketini ajratadigan bo‘ldi

    Bundan tashqari, Mark Karni Kiyevga infratuzilmalarini tiklash uchun 2,3 milliard dollarlik yangi kredit ajratishni va’da qilgan.

    '“Yevrokomissiya” Rossiyaning gaz va neftidan voz kechish bo‘yicha qonun loyihasini taqdim etdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:33

    “Yevrokomissiya” Rossiyaning gaz va neftidan voz kechish bo‘yicha qonun loyihasini taqdim etdi

    Bryusselda o‘tkazilgan brifingda “Yevrokomissiya” 2027 yil oxirigacha ushbu energiya resurslaridan butunlay voz kechishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini e’lon qildi.

    'Domodedovo aeroporti tadbirkorlardan tortib olindi'ning rasmi

    Dunyo 17.06.2025 20:56

    Domodedovo aeroporti tadbirkorlardan tortib olindi

    Sabab – strategik muhim obyekt Turkiya va BAA fuqarolar ta’sisi ostida ekani aniqlangan.

    'Urush tufayli 40 mingga yaqin xorijiy sayyoh Isroilni tark eta olmayapti'ning rasmi

    Dunyo 17.06.2025 17:52

    Urush tufayli 40 mingga yaqin xorijiy sayyoh Isroilni tark eta olmayapti

    Sayohat narxi bir necha yuzdan minglab yevrogacha yetishi mumkin.