Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir Qolibof AQSh tomonidan dengiz blokadasi saqlanib qolsa, Hürmuz bo‘g‘ozi yopilishi mumkinligini ma'lum qildi.
Uning aytishicha, bunday sharoitda bo‘g‘oz orqali harakat faqat Eron belgilagan yo‘nalishlar va maxsus ruxsat asosida amalga oshiriladi. Qolibof, shuningdek, AQSh prezidenti Donald Trampning so‘nggi bayonotlarini tanqid qilib, ularni "yolg‘on" deb atadi.
"Bu yolg‘onlar bilan ular urushda g‘alaba qozona olmadi va muzokaralarda ham natijaga erishmaydi", — dedi u.
Shu bilan birga, Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Baqoiy mamakat boyitilgan uranini boshqa davlatlarga berish ehtimolini qat'iyan rad etdi. Uning ta'kidlashicha, bunday variant hech qachon ko‘rib chiqilmagan.






