AsosiyJamiyat

Fargʻonada voyaga yetmagan aka-uka suvda choʻkib ketib vafot etdi

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov Darakchi.uz’ga ma’lum qildi.

'Fargʻonada voyaga yetmagan aka-uka suvda choʻkib ketib vafot etdi'ning rasmi

Bildirilishicha, joriy yilning 19 mart kuni Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida soat 20:05 atrofida X.Olimjon MFYda yashagan voyaga yetmaganlar 2018 yilda tug‘ilgan Z.S. hamda 2020 yilda tug‘ilgan S.Z. "Buloqboshi" MFYda joylashgan suv taqsimlagich omboriga o‘z ehtiyotsizligi natijasida tushib ketib, suvga dimiqishi natijasida vafot etgan.

Darakchi.uz so‘roviga javoban bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Mazkur xabarga asosan hodisa joyi tezkor-tergov guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilib, tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Aniqlanishicha, voyaga yetmagan S.Z. 19 mart kuni "Buloqboshi" MFYda joylashgan suv taqsimlagich ombori hududida o‘ynab yurgan vaqtlarida qo‘lida bo‘lgan bolalar o‘yinchog‘i suvga tushib ketishi natijasida uni suvdan olish uchun tushgan vaqtida o‘zini boshqara olmay suvga cho‘kib ketgan.

Bu orada uning akasi voyaga yetmagan S.Z. ukasini qutqarish uchun o‘zini suvga tashlagan. Oqibatda har ikkisi suvga dimiqib, hodisa joyida vafot etgan.

Keyinchalik, bolalar yashash xonadoniga kelmaganidan so‘ng kanal hududida otasi X.Q. tomonidan ko‘rib qolingan va FVV qutqaruv xizmati tomonidan murdalar suvdan olingan.

Murdalar tashqi ko‘zdan kechirilganida tanasida tan jarohatlari va ulardan qolgan izlar aniqlanmagan.

Sudga oid tibbiy ekspertizaning 19 mart kunidagi dastlabki ma’lumotnomasida voyaga yetmaganlar S.Z. va uning ukasi Z.S.larning o‘limiga "nafas yo‘llarini suv bilan berkilishi natijasida mexanik asfiksiya" sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Beshariq tuman prokuraturasi tomonidan tergovgacha qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda va tekshiruv harakatlari nazoratga olingan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Boysun tumanidagi 30-maktab jamoasi — “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi g‘olibi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:15

    Boysun tumanidagi 30-maktab jamoasi — “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi g‘olibi

    Termiz shahrida joylashgan Surxon arena maydonida tashkil etilgan musobaqaning 3-oʻrin uchun va final bahslari qizgʻin tarzda oʻtkazildi.

    'Eski simyogʻochlar qulashi oqibatida chorva mollari toʻk urdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:23

    Eski simyogʻochlar qulashi oqibatida chorva mollari toʻk urdi

    Holat ortidan 3 bosh chorva moli nobud bo‘lgan.

    'Namanganda 6-sinf o‘quvchisi zo‘rlandimi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:58

    Namanganda 6-sinf o‘quvchisi zo‘rlandimi?

    Viloyat IIM matbuot xizmati holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

    'O'zbekistonning 9 ta hududida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:45

    O'zbekistonning 9 ta hududida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin

    Sinoptiklar hududlarda yomg‘ir yog‘ishi sababli sel va suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

    'Qoraqalpogʻistonda “Media haftalik” boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:40

    Qoraqalpogʻistonda “Media haftalik” boshlandi

    Bugun, 30-mart kuni ushbu haftalik Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘z ishini boshladi.

    'Qozog‘istonda yana bir dron quladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:22

    Qozog‘istonda yana bir dron quladi

    Qozog'istonning Atirau viloyatida dronga o'xshash obyekt topilgani haqida xabar berildi.