AsosiyJamiyat

Soliqdan eng ko‘p qarzdor kompaniyalar ro‘yxati e’lon qilindi

Hududlar kesimida korxonalarning soliq qarzdorligi ko‘rsatkichi Toshkent shahrida 393,1 mlrd, Andijon viloyatida 123 mlrd, Navoiy viloyatida 82,1 mlrd so‘mni tashkil etgan.

'Soliqdan eng ko‘p qarzdor kompaniyalar ro‘yxati e’lon qilindi'ning rasmi

Qurilish kompaniyalarining soliqdan qarzi 1 trillion so‘mdan oshdi. Shundan 385 milliard so‘mi 10 ta kompaniya hisobiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda soliq qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2025 yil 1 avgust holatiga soliq qarzi 100 million so‘mdan yuqori qurilish korxonalari soni 1163 tani tashkil etgan. Umumiy qarzdorlik esa 1 trillion so‘mdan oshgan.

Shundan 385,3 milliard so‘mi, ya’ni 38 foiz soliq qarzi eng yirik bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi:

“Reliable Stroy Invest” MChJ – 81,5 milliard so‘m;

“Mohir-Quruvchi” MChJ – 65,3 milliard so‘m;

“Asia Invest Favorit” MChJ – 63 milliard so‘m;

“PU OA UK NATEK” – 56,5 milliard so‘m;

“Tamirlash Qurish Servis” MChJ – 50,8 milliard so‘m;

“Fayz Design” MChJ – 18,5 milliard so‘m;

“O‘zneftgazquduqta’mirlash” AJ – 13,7 milliard so‘m;

“DSK Binokor” MChJ – 12,8 milliard so‘m;

“Nova Towers” MChJ – 12 milliard so‘m;

“Neftgazmontaj” MChJ – 11,2 milliard so‘m.

Hududlar kesimida korxonalarning soliq qarzdorligi ko‘rsatkichi Toshkent shahrida 393,1 milliard so‘mni, Andijon viloyatida 123 milliard so‘mni, Navoiy viloyatida 82,1 milliard so‘mni tashkil etgan.

    Boshqa yangiliklar