AsosiyJamiyat

Ozodbek Nazarbekov yana reklamada ko'rinish berdi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xususiy universitet reklamasida qatnashdi.

'Ozodbek Nazarbekov yana reklamada ko'rinish berdi'ning rasmi

Vazir reklama roligida yoshlarga murojaat qilib, “Fursatdan foydalanib, barcha yoshlarimizga ushbu universitetda tahsil olishni tavsiya qilaman” deya ta’kidlagan.

Video 4 iyul kuni universitetning rasmiy sahifasida e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Nazarbekov avval ham kiyimlar do‘koni reklamasi bilan e’tiborga tushgan. O‘sha paytda Raqobat qo‘mitasi do‘konni jarimaga tortgan, biroq vazir reklama tarqatishda rasmiy ishtirok etmagan deb topilib, aybsiz deb chiqqan edi.

Ma’lumot uchun, “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 16-moddasiga ko‘ra, mahsulotni davlat organlari yoki mansabdor shaxslar ma’qullagandek ko‘rsatish taqiqlanadi.

    Boshqa yangiliklar