AsosiyBu qiziq

Dollarning rasmiy kursi yangilandi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan amaldagi qiymatini e’lon qildi.

'Dollarning rasmiy kursi yangilandi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25 avgustda amalda bo‘ladigan qiyamatini e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, dollar 56,70 so‘mga tushib, 12 354,09 so‘m bo‘lgan.

Shuningdek, yevro va rubl kursi ham pastladi. Yevro 137,75 so‘mga pastlab, 14 330,52 so‘m, rubl 1,37 so‘mga tushib, 153,49 so‘mni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, bu dollar kursining yil boshidan buyon qayd etilgan eng past qiyamatidir.

    Boshqa yangiliklar