Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Do‘stlik” chegaraviy bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelgan “VOLVO” rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, yuk kuzatuv hujjatlarida yozib ko‘rsatilmagan 131,2 million so‘m qiyamatdagi 4 tonna tovar moddiy boyliklar mavjud ekanligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovgacha qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.