Toshkentda issiqlik ta’minoti xizmatlari narxlari yangilandi. Yangi tariflar Xalq deputatlari kengashi tomonidan ma’qullandi.
Endilikda aholiga har bir Gkal issiqlik uchun 139 860 so‘m (QQSsiz) to‘lov belgilandi.
Bu avvalgi narxga nisbatan 15 foizga yuqori. Yuridik shaxslar uchun tarif 40 foizga, byudjet tashkilotlari uchun esa 18,8 foizga oshiriladi.
Hozircha yangi narxlarning qachondan kuchga kirishi aniqlashtirilmagan.
Hujjatni shahar hokimi Shavkat Umurzoqov imzolashi kerak. Vazifa ilgari bu o‘zgarishlarni 2025-yil 1-oktyabrdan joriy etishni taklif qilgan edi.