AsosiySalomatlik

Antibiotiklar bakteriyalarga qarshi samarasizlashib bormoqda

Infeksiyalarning dori vositalariga chidamliligi 5–15 foizga oshmoqda.

'Antibiotiklar bakteriyalarga qarshi samarasizlashib bormoqda'ning rasmi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab antibiotiklar infektsiyalarga qarshi tobora samarasiz bo‘lib bormoqda. Sabab — antibakterial vositalarning ortiqcha va noto‘g‘ri qo‘llanilishi.

Hisobotga ko‘ra, E.coli bakteriyalarining 40 foizi, Klebsiella pneumoniae bakteriyalarining esa 55 foizidan ziyodi antibiotiklarga chidamli bo‘lib ulgurgan. Ayrim infektsiyalar esa hozirda mavjud barcha antibiotiklarga qarshilik ko‘rsatish darajasiga etib kelgan.

JSST vakili Silviya Bertanyolining so‘zlariga ko‘ra, 2021 yilda shunday chidamli bakteriyalar tufayli qariyb 8 million odam vafot etgan.

Buni bartaraf etish uchun yangi avlod dori vositalarini ishlab chiqish va mavjud antibiotiklardan oqilona foydalanish zarurligi ta’kidlangan.

    Boshqa yangiliklar