AsosiySUG'DIYONA

Yuzdagi pigment dog`larga qarshi 7 niqob

  • 2 bog` petrushkani mayda to`g`rab, ustiga bir stakan qaynoq suv quying. Va uni ikki soat davomida yopiq idishga solib damlang. So`ng suzib olingan tayyor loson bilan ertalab va kechqurun yuzingizni artishingiz lozim.
  • Bodring sharbati ham pigment dog`larga qarshi samarador vosita sanaladi. Teridagi muammoli joylarni ertalab va kechqurun artish bilan uning sezilarli oqarishiga erishsa bo`ladi.
  • Sitrus mevalar tarkibida teri rangini oqartiruvchi kislota mavjud. Istalgan sitrus meva sharbati bilan yuzni artish yoki uning bo`laklarini bir necha daqiqa mobaynida dog` ustiga qo`yish mumkin.
  • Qora qorag`atning taxminan 20ta bargi ustidan 200 ml qaynoq suv quying. Yarim soat damlab qo`yganingizdan so`ng suzib olib, bir osh qoshiq qora qorag`at mevasi sharbatidan qo`shing. Xuddi shu damlamaga kichikroq sochiqni ho`llab, u bilan yuzingiz va qo`llaringizni yarim soat davomida yopib o`tiring. So`ng iliq suvda yuz-qo`lingizni yuvib tashlang. Bunday niqob-kompressni ertalab va kechqurun qo`llasa bo`ladi.
  • Olchani blender yordamida maydalab, dog`larga surting. 20-30 daqiqa o`tgach esa iliq suvda yuving. Bu muolajani har kuni bajarishingiz mumkin. Ishoning, natijasi sizni uzoq kuttirmaydi.
  • Taxminan bir choy qoshiq xamirturushni bir osh qoshiq limon sharbati bilan aralashtiring. Unga yana bir osh qoshiq sut ham qo`shing. Niqobni yuzingizga surtib, 20 daqiqadan so`ng sovuq suvda yuvishni tavsiya etamiz.
  •  Bir osh qoshiq qaymoq, tuxum sarig`i va bir choy qoshiq sabzi sharbatidan oqartiruvchi niqob tayyorlasa bo`ladi. Uni qo`l, bo`yin va yuz sohalariga surtish bilan dog`lardan tez orada qutulish mumkin. Shuningdek, bunday parvarish  teri ko`rinishini yanada yaxshilaydi. Mazkur niqobli muolajadan kuniga 20 daqiqa davomida foydlanishni maslahat beramiz.

Boshqa yangiliklar