2016 yil 16 dekabr kuni xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Sessiyada tashkiliy masala ko`rildi. Boshqa ishga o`tgani munosabati bilan Muhiddin Esonov Buxoro viloyati hokimi lavozimidan ozod qilindi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tavsiyasiga binoan “O`zagrokimyo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelayotgan O`ktam Barnoev Buxoro viloyati hokimi etib saylandi.