1

«Singlim» degan ayolga uylanish, “Nikoh to`yida uzuk taqish” mumkinmi?

Savol-javob 19.12.2016, 12:15
Teglar: Savol-javob
«Singlim» degan ayolga uylanish, “Nikoh to`yida uzuk taqish” mumkinmi?

Savollarga Toshkent shahar, Shayhontohur tuman bosh imom xatibi, «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom-xatibi Odilxon qori YuNUSXON o`g`li javob beradi.

 

 «Singlim» degan ayolga uylansa bo`ladimi?»

Assalomu alaykum! Erkak o`ziga nikohi ravo bo`lgan ayolni singlim, deb unga mehr-muruvvat ko`rsatib, keyinchalik uni nikohiga olsa bo`ladimi?

— Va alaykum assalom. Musulmon erkak begona ayolga shafqat ma`nosida «singlim» deb murojaat qilsa bo`ladi. Lekin unga shahvat bilan tikilishi, gap otishi, nomahram qiz bilan bir joyda yolg`iz qolishi, qo`l berib ko`rishishi mumkin emas!

    Agar bir erkak begona qizga to`g`ri ma`noda «singlim» deb murojaat qilsa, keyinchalik uni nikohiga olsa bo`ladi. Singlim degani bilan tug`ishgan singlisi bo`lib qolmaydi. Faqat uylanganidan keyin xotinini singlim, demasa bo`ldi.

 

«Nikoh to`yida uzuk taqish shartmi?»

— Erkak kishilar uchun tilla buyum ishlatish, tilla uzuk va soat taqib yurish hamda ipak mato haromligini bilamiz. Ammo yangi uylangan kuyovlar barmoqqa tilla uzuk taqib yurishlari kerak, deyishadi. Bu borada shariatda nima deyilgan?

— Erkak kishi nikohda uzuk taqishi shart qilinmagan. Nikoh to`yi va uzuk taqish bir-biriga bog`liq emas. Lekin kelinning mahriga tilla uzuk olib berish joiz.

Aytganingizdek, musulmon erkak tilla buyumlarni ishlatishi, ipak matodan foydalanishi mumkin emas. Bu qat`iy suratda belgilab qo`yilgan. Abu Muso Ash`ariy roziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: «Ummatimning ayollariga tilla va ipak halol qilindi. Ummatim erkaklariga bu narsa harom qilindi» (Termiziy, Nasoiy va Abdurazzoq rivoyati. Hadis sanadi sahih).

Ammo kuyov to`yda uzuk taqishni juda xohlasa, kumushdan uzuk yasattirib taqib yursa bo`ladi. Lekin to`yda uzuk taqish shart deb bilish kerak emas. Buxoriy va Muslim keltirgan rivoyatda aytilishicha, Nabiy sallallohu alayhi va sallam kumushdan uzuk yasattirib olganlar. O`sha uzuk u zotning qo`llarida edi. Keyin Abu Bakr roziyallohu anhu qo`liga o`tdi, keyin Umar roziyallohu anhuning qo`liga o`tdi, keyin Usmon roziyallohu anhuga o`tdi. So`ngra Ariys qudug`iga tushib ketdi. Uning naqshi «Muhammadur rosululloh» edi.
      Ba`zi hanafiy ulamolarga ko`ra, erkak kishi uzukni chap qo`lining jimjilog`iga taqadi. Boshqalar uzuk o`ng qo`lga taqilishi joizligini aytishgan. Rivoyatlarda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uzukni o`ng va chap qo`llariga taqqanlari aytilgan.

Savol-javoblar muxlis.uz sayti asosida tayyorlandi

Sharhlar

​“Qarindoshlarim uchun chegaradan nima olib o`tsam bo`ladi?”

28.06.2017, 15:30

Qozog`istonning Turkiston shahrida ukam yashaydi. Har ikki-uch oyda ularni ko`rgani borganimda asal, yong`oq, magiz kabi eguliklar olib boraman, qaytishda ukamham choy, shirinliklar berib yuboradi. Lekin...
​Ishlasa-da, pensiyani kimlar 100 foiz oladi?

23.05.2017, 14:45

Nafaqadagi harbiy xizmatchiman. Shu vaqtgacha nafaqadagi harbiy xizmatchilar davlat ishxonalarida ishlasa, pensiyaning 50 foizi to`lanardi. Endi ayrim sohalarda ishlaydigan pensionerlarning pensiyasi 100 foiz to`lanishi haqida...
​Ish haqidan kommunal to`lov uchun ushlab qolish mumkinmi?

23.05.2017, 14:41

Qizim bolalar muruvvat uyida hamshira bo`lib ishlaydi. Biz kommunal to`lovlarni o`z vaqtida to`lab boramiz. Qarzdorlik bo`lmasa-da, qizimning ish haqidan kommunal to`lovlarga deb har safar 10...
​Teridagi hollar: 5 savolga-javob

10.05.2017, 11:54

Ko`pchilikni teri ustida bo`rtib chiqqan, no`xatdek keladigan hollarining ko`rinishi bezovta qiladi. Yapaloq ammo katta hollarga esa unchalik e`tibor berilmaydi. Aslida aynan yapaloq hollar muammo keltirishi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1