Past Darg‘om tumanida nooddiy holat sodir bo‘ldi. Sud qaroriga ko‘ra, ayolning turmush o‘rtog‘i aliment to‘lamagani uchun 15 sutkaga ma’muriy qamoq jazosiga tortilgan. Bir necha kun o‘tgach, turmush o‘rtog‘isiz ro‘zg‘or yuritish qiyinlashganini his qilgan ayol aliment qarzini to‘liq qoplab berdi. U beshinchi kuni yo‘q sudga murojaat qildi va sud qarorni bekor qilib, erni ozod etdi. Majburiy ijro byurosi ma’lumotiga ko‘ra, hozir oila yarashgan va farzandlar tarbiyasiga birgalikda e’tibor qaratmoqda.






