- Yuzingizda mayda va uzun ko`rinishdagi ajinlar ko`p bo`lsa, bu sizning aniq maqsadga ega, rejali ekanligingizni bildiradi. Ko`zning tashqi burchagidan yuqoriga qaragan ajinlar hayotda o`z o`rnini topadigan, atrofidagilarning hurmatini qozona oladigan ayollarga hos.
- Lab atrofidagi “o`rdak panjasi” shaklini eslatuvchi ajin optimistik xarakteringizdan darak beradi. Bu toifa ayollar o`zgalar dardiga sherik bo`lishi, o`zi qolib, birovning muammosini hal etish uchun jon-jahdi bilan harakat qiladi.
- Ikki qosh o`rtasidagi chuqurcha taqdirning siz uchun atagan sinovlari xali oldinda ekanligini anglatishi mumkin. Tashvishlanmang! Qosh o`rtasidagi yirik ajin ko`p hollarda yuqori martabaga erishish, parvoz onlari va baxtli turmush bilan ham ifodalanadi.
- Qoshning faqat bir tarafiga qarab yo`nalgan ajin sog`lig`ingizdagi o`zgarishlardan ogohlantiradi. Shaxsiy hayotda esa hammasi yaxshi va siz kutgandek bo`lishiga ishoradir.
- Ikkita qosh o`rtasida, eniga joylashgan va yaqqol ko`rinib turgan ajinlar, tashkilotchilik qobiliyatingizdan darak beradi. Hamisha vaqtingiz ziq, nuqul chop-chop bilan bandsiz. Shuningdek, vaqti-vaqti bilan asabiylik ham kuzatiladi. Shundaymi?
- Peshonadagi ingichka, bilinar-bilinmas ajinlar fe`l-atvoringizning o`zgaruvchan ekanligini bildiradi. Bu toifa ayollar did borasida ajralib turishadi, o`zi ham, hayoti ham go`zal bo`lishi uchun tinmay mehnat qilishadi.
- Yuz qismlaridagi yoshga doir tekis, aniq va chuqur joylashgan ajinlar sohibasiga erkaklar ham havas qilsa arziydi. Unda o`ziga hos shijoat, g`ayrat va maqsad sari intiluvchanlik bor.
- Peshonadagi qisqa yotiq chiziqlar yumshoq fe`lli, ko`ngilchan ayollarga hos. Bunday ayolni hafa qilish oson bo`lsa-da, arazini ortiqcha namoyish etavermaydi. Hatto g`am-g`ussani ham kulib turib engishi mumkin.
- Burundan lab atrofiga qarab yo`nalgan ajinlar o`ziga hos xarakterdan darak beradi. Bunday ayollar ob-havo singari o`zgaruvchan, hafa bo`lgani ham, xursandligi ham sezilmaydi.
19.12.2016 11:15





