1

Go`shtli o`rama - bir xillikdan chekinamiz!

SUG'DIYONA 19.12.2016, 17:02
Teglar: Taom
Go`shtli o`rama - bir xillikdan chekinamiz!

Zarur masalliqlar: 750 gr. go`sht qiymasi, 500 gr. mol go`shti (suyaksiz), 250 ml. sut, 250 ml. sho`rva yoki suv, 150 gr. pishloq, 8-10 ta salat bargi,  
1 dona tuxum, 1 bo`lak oq non, 1 bosh piyoz, 3 osh qoshiqdan sariyog` va un, 1 choy qoshiq dolchin, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Nonni iviting, piyozni maydalab to`g`rang.

2. Salat bargini tuzli suvda 5-7 daqiqa qaynatib, keyin sovuq suvda chayib oling. Suvini yaxshilab silqitishni unutmang.

3. Go`sht qiymasiga piyoz, ivitilgan non, tuxum, tuz, murch, maydalangan ko`katlar, dolchinni qo`shib, yaxshilab aralashtiring. Keyin yog`langan qolipga solib, qiymani «buxanka» non ko`rinishiga keltiring.

4. Go`sht ustidan karam yaproqlarini o`rang. Go`shtni yupqalab uzunasiga kesing-da, uni karam ustidan joylashtiring. O`ramani 150-175 darajada qizdirilgan gaz pechiga 45 daqiqaga qo`ying.
5. Sous tayyorlash uchun o`simlik yog`ini qizdirib, un, sut va sho`rvani solib, 5 daqiqa qaynating. So`ngra qirg`ichdan o`tkazilgan pishloqni qo`shib, tuz, murch seping. 

6. O`ramani tayyor bo`lgach, sousni soling-da, yana 20 daqiqada gaz pechida qoldiring. 

Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 30 daqiqa.

5 kishilik. 

Sharhlar

​«Osiyo» salati — baqlajon va no`xatdan!

30.06.2017, 15:55

Zarur masalliqlar: 200 gr. qaynatilgan no`xat, 2 donadan baqlajon, pomidor va bulg`or qalampiri, 3 bo`lak sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiq soya sousi, o`simlik yog`i, limon sharbati,...
​«Yoz» pirogi — olma va tvorogning ajoyib uyg`unligi

24.06.2017, 11:23

Zarur masalliqlar: xamiriga: 270 gr. un, 180 gr. sariyog`, 80 gr. shakar, 1 dona tuxum, yarim choy qoshiq xamiryumshatgich, tuz; ichiga solishga: 750 gr. tvorog,...
​O`rikli chizkeyk — yoz yozdek o`tsin!

23.06.2017, 11:11

Zarur masalliqlar: 300 gr. tvorog, 200 gr. o`rik mevasi, 200 ml. smetana, 180 gr. shakar, 100 grammdan uvadalanuvchi pechene va sariyog`, 2 dona tuxum, pichoq...
​Jahongir Otajonov moskvaliklarga xorazmcha “shivit oshi” tayyorlab berdi(Foto)

22.06.2017, 13:44

O`zbek estradasida “jonli ijro qiroli” nomini olgan xonanda Jahongir Otajonov nafaqat yaxshi san`atkor, balki mohir oshpaz ekanligini ko`pchilik bilmasa kerak. Xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga o`z...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1