AsosiySOG'LIK

Go`zallik va salomatlik uchun dengiz tuzi!

Xitoyda dengiz tuzini «Oq oltin» deyishadi. Zero ushbu mahsulotning foydali xu...

Xitoyda dengiz tuzini «Oq oltin» deyishadi. Zero ushbu mahsulotning foydali xususiyatlari bisyordir. Masalan, modda almashinuvini faollashtiradi, yurak-qon tomir faoliyatini yaxshilaydi, immunitet  va asab tizimini  mustahkamlaydi, teri, soch va tirnoqlarga go`zallik tuhfa etadi. Shu bilan birga, taom va eguliklarda ham foydalanish mumkin.

 

Bir oyda 10 kilo ozasiz!

Dengiz tuzi qo`shilgan vannaning bir kurs muolajasi (10 marta) teriga taranglik va mayinlik ulashadi. Tozalangan teri kataklari orqali mineral moddalar qonga so`riladi va tanamizga tarqaladi. Shu bois ham muolajadan so`ng modda almashinuvi yaxshilanib, tetiklashamiz. Eng muhimi esa agar kunora dengiz tuzili vanna qabul qilsangiz, bir oy ichida 8 kg. dan 10 kg. gacha ortiqcha vazndan xalos bo`lishingiz mumkin. Ana shunaqa!

 

HUSNBUZARNI YO`QOTADI

Antiseptik xususiyatga ega dengiz tuzi husnbuzarlarga qarshi eng yaxshi vositadir. Haftasiga 2-3 marta dengiz tuzining suvli eritmasi bilan yuzdagi toshmalar artib turilsa, muammo tezda echim topadi. Badandagi toshmalar esa uchun vanna qabul qilish tavsiya etiladi.

 

SOChINGIZ TO`KILAYoTGAN BO`LSA...

Eng oson usul: ozroq suv bilan namlangan  tuzni bosh terisiga surtasiz. Engil harakatlar bilan uqalab, 15 daqiqadan so`ng iliq suvda chayib olsangiz bo`ladi. Bu muolaja to`kilayotgan sochlarga ozuqa bo`lib, soch ildizini mustahkamlaydi. Agar tuzning o`zini sochga surta olmasangiz, zaytun yog`i yoki qatiqqa aralashtirib, surtish mumkin. Aralashmali niqobdan so`ng boshni sellofan bilan o`rab, bir soatcha kuting. Haftasiga bir yoki ikki marta muolajani takrorlash kifoya. Bir oydan so`ng natija faqat o`zingizga emas, atrofdagilarga ham sezila boshlaydi.

 

SELLYuLITGA QARShI

Bugungi kunda sellyulitga qarshi turfa xil vositalar mavjud. Biroq ulardan hech biri oddiy dengiz tuziga teng kela olmaydi. Qo`llanilishi ham oddiy. Birorta dag`alroq matoga dengiz tuzini sepib, u bilan  muammoli tana sohasini ishqalaysiz.  Natija birinchi muolajaning o`zidayoq seziladi.

 

OShXONADA

Dengiz tuzini oddiy tuz o`rnida ham ishlatish mumkin. Biroq bir kunlik miqdor 5 gr. dan oshmasligi kerak. Qon bosimi oshib turuvchilar, ba`zi yurak qon-tomir kasalliklari, onkologik xastaliklarda, shuningdek, homiladorga ham dengiz tuzini iste`mol qilish tavsiya etilmaydi.

 

IRODA tayyorladi

Boshqa yangiliklar