1

Tirnoqlaringiz fe`lingizdan so`zlaydi

SUG'DIYONA 20.12.2016, 10:54
Teglar: Ayol, SUGDIYONA
Tirnoqlaringiz fe`lingizdan so`zlaydi

Do`st yoki dugonangizning fe`lini tushunmoqchi bo`lsangiz uning tirnog`lariga qarang va quyidagi tariflarga mos yoki mos emasligini aniqlang.

Agar ko`rsatilgan rasmlarda tirnog`ingiz rasmi bo`lmasa, unga yaqinroq, o`xshashini tanlang.

1.     Uzun va to`g`ri to`rtburchakli tirnoqlar. Bunday tirnoqli insonlar juda kirishuvchan qolaversa o`tkir aql egasidirlar. Ular yangi tanishuvlardan boshlari osmonga etadi, shuningdek doimo dunyoqarashini rivojlantirib boradilar. Biror bir yangi ishni boshlashdan oldin «7 marta o`lchab bir kes» naqliga amal qiladilar. Ular har bir narsani ikir-chikirigacha o`rganib, so`ng qaror qabul qilishadi

2.     Keng va yalpoq tirnoqlar. Mazkur tirnoq sohibalri tiniq fikrli, o`ylab gapiradigan va o`zgalar fikrini hurmat qiladiganlardandir. Ular odamga baho berishda sira adashmaydilar, ichki sezgisiga bemalol ishonishingiz mumkin. Ular yangilik yaratishni yoqtirishadi. Hammasidan oldin foyda va tejamkorlikni ko`zlovchi yalpoq tirnoq egalari qiyin muammolarni aql bilan hal qiladilar.

3.     Kalta va dumaloq tirnoqlar. Ta`rif egalarining ko`zlaridan doimo quvonch va ijobiy kayfiyat ufurib turadi. Ular bilan til topishish juda oson. Bunday insonlarda ijodkorlik yashirin va ochiq tarzda namoyon bo`ladi. Ular yoqtirgan insonlarini himoya qilish uchun xamma narsaga tayyorlar.

4.     Kalta va chetlari notekis tirnoqlar. Tirnoqlardagi notekislik ularni doimo tishlab yurish odatidandir balki. Agar buning sababi shu bo`lsa, u juda e`tiborli va sezgir inson. Bunday insonlar tashqaridan tepsa tebranmasdek ko`rinsada, aslida his tuyg`ulari limmo-lim. Do`stlariga esa achchiq bo`lsa ham xaqiqatni ayta oladilar.

5.     Yirik to`g`ri to`rtburchak tirnoqlar. Tug`ma raxbar va mehnatsevar insonlarning tirnog`i aynan shunday ko`rinishda bo`ladi. Ular nimaiki qilmasin hammasini to`g`ri bajarishadi. Chunki har bir ishni o`ylab amalga oshirishadi. Ular siz o`ylaganchalik ishga mukkasidan ketgan emas, vaziyatga qarab juda quvnoq va samimiydirlar.

6.     Uchburchak tirnoqlar. Dadil va qo`rqmas, har doim nima xohlayotganini biladigan va har qanday ishni oxiriga etkazadiganlar tirnog`i asosan uchburchak ko`rinishli bo`ladi. Ular mehnati hamisha qadrlanadi, chunki bir ishni boshlashdan oldin obdon o`ylaydilar.

7.     Oval va uzun tirnoqlar. Bunday insonlar ijodkor, go`zallik yaratuvchilardir. Ularning tasavvuri beqiyos. Hamisha atrofidagilarning diqqat e`tiborida bo`lishadi. Biror bir ishga kirishsalar eng ko`p vazifani elkalariga ortib olishadi. Ajablanmang,  ularda o`zgalarga yordam berish  mas`uliyati juda yuqori.

8.     Noodatiy tirnoqlar. Ular juda yorqin insonlar. Hayotdagi shiorlari «ishlash kerak bo`lganida ishla, dam olish  vaqtida dam ol». Ular muammolarga noodatiy echim izlashadi. Har bir ishdan zavq olishadi. 

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1