1

Xitoycha taom - tovuq go`shti va baqlajondan

SUG'DIYONA 20.12.2016, 11:08
Teglar: Taom
Xitoycha taom - tovuq go`shti va baqlajondan

Zarur masalliqlar: 800 gr. tovuq go`shti (suyaksiz), 4 ta baqlajon, 3 osh qoshiqdan soya sousi va shakar, 1 osh qoshiq zanjabil, 1 choy qoshiqdan sirka, kunjut, kraxmal va qizil qalampir, 1 bo`lak sarimsoqpiyoz, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Tovuq go`shti va baqlajonlarni uzunasiga 1 sm. qalinlikda to`g`rang. 

2. Qizdirilgan o`simlik yog`ida balandda olovda tovuq go`shtini qovurib oling. Keyin alohida idishga solib olib qo`ying. Baqlajonlarni ham qovuring. Zanjabil, sarimsoqpiyoz va 3 osh qoshiq suv soling. Qaynab chiqqach, olovni pasaytiring.

3. Alohida idishda soya sousi, sirka, kujut, kraxmal, murch va shakarni aralashtiring. Tovuq go`shtini baqlajonga qo`shing-da, sousni soling. Qaynab chiqqach, to taomning suvi yo`qolguncha past olovda qoldiring. Tayyor bo`lgach, dimlangan guruch bilan dasturxonga torting.

Tayyorlanish vaqti: 1 soat

4 kishilik. 

Sharhlar

​«Osiyo» salati — baqlajon va no`xatdan!

30.06.2017, 15:55

Zarur masalliqlar: 200 gr. qaynatilgan no`xat, 2 donadan baqlajon, pomidor va bulg`or qalampiri, 3 bo`lak sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiq soya sousi, o`simlik yog`i, limon sharbati,...
​«Yoz» pirogi — olma va tvorogning ajoyib uyg`unligi

24.06.2017, 11:23

Zarur masalliqlar: xamiriga: 270 gr. un, 180 gr. sariyog`, 80 gr. shakar, 1 dona tuxum, yarim choy qoshiq xamiryumshatgich, tuz; ichiga solishga: 750 gr. tvorog,...
​O`rikli chizkeyk — yoz yozdek o`tsin!

23.06.2017, 11:11

Zarur masalliqlar: 300 gr. tvorog, 200 gr. o`rik mevasi, 200 ml. smetana, 180 gr. shakar, 100 grammdan uvadalanuvchi pechene va sariyog`, 2 dona tuxum, pichoq...
​Jahongir Otajonov moskvaliklarga xorazmcha “shivit oshi” tayyorlab berdi(Foto)

22.06.2017, 13:44

O`zbek estradasida “jonli ijro qiroli” nomini olgan xonanda Jahongir Otajonov nafaqat yaxshi san`atkor, balki mohir oshpaz ekanligini ko`pchilik bilmasa kerak. Xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga o`z...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1