AsosiyJinoyat

Gulistondagi oshxonada gaz portlashi ortidan 3 kishi halok boʻldi.

Hodisa bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.

'Gulistondagi oshxonada gaz portlashi ortidan 3 kishi halok boʻldi.'ning rasmi

Soat 10:49 da oshxonada portlash va yong‘in sodir bo‘lgan.

Dastlabki xabarlarda qurbonlar yo‘qligi aytilgan bo‘lsa-da, ayrim manbalarga ko‘ra hodisa oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan.

Sirdaryo viloyati IIB ma’lumotiga ko‘ra, jinoyat ishi Jinoyiy kodeksning 257-moddasi 2-qismi bilan qo‘zg‘atilgan va 1 kishi protsessual tartibda qamoqqa olingan.

Hozirda hodisa yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar