AsosiyJinoyat

Hokimlik tizimida korrupsiya holatlari fosh etildi

Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

'Hokimlik tizimida korrupsiya holatlari fosh etildi'ning rasmi

Farg‘ona va Namanganda hokimiyat mas’ullarining pora va firibgarlik bilan bog‘liq noqonuniy harakatlari DXX va tegishli idoralar tomonidan to‘xtatildi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Bog‘dod tuman hokimining o‘rinbosari 8 ming AQSh dollari olgan paytida ushlangani ma’lum qilindi. Tergovga qadar tekshiruv natijasida u "elektron onlayn auktsion" orqali ijaraga olingan yerni boshqa shaxsga mulk qilib berishni va’da qilgani aniqlandi.

Namanganda esa shahar hokimining mahalla masalalari bo‘yicha yordamchisi "Yashil makon" loyihasi doirasida ajratilgan yer maydonini keyinchalik turar-joy toifasiga o‘tkazib berishni va’da qilib, 6 ming dollar talab qilgani uchun mazkur pulni olgan vaqtda qo‘lga olindi.

Shuningdek, Yangi Namangan tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamchisi davlat zaxirasidagi 12 sotix yerni hujjatlashitirib berish evaziga 16 ming dollar so‘ragan holda, oldindan 6 ming dollarni qabul qilib olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'АҚШда террорчиликда гумон қилинган ўзбекистонлик қўлга олинди'ning rasmi

    Jinoyat 04.12.2025 09:20

    АҚШда террорчиликда гумон қилинган ўзбекистонлик қўлга олинди

    U "eng xavfli" toifadagi shaxslar ro'yxatiga kiritilgan bo'lib, hozirda Nyu-Jersidagi hibsxonada saqlanmoqda.

    'Gulistondagi oshxonada gaz portlashi ortidan 3 kishi halok boʻldi.'ning rasmi

    Jinoyat 03.12.2025 11:54

    'Hokim yordamchishi ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, pora talab qilganlikda ayblanib ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 01.12.2025 08:13

    Hokim yordamchishi ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, pora talab qilganlikda ayblanib ushlandi

    Nurafshon shahridagi mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi fuqaroni mansabdor tanishlari orqali viloyat boshqarmasiga ishga joylab qo‘yishni va’da qilgani, buning evaziga esa 2 ming dollar talab qilgani aytilmoqda.

    ''ning rasmi

    Jinoyat 28.11.2025 19:17

    'Real Sanjik haqiqatan ham qamaldimi?'ning rasmi

    Jinoyat 28.11.2025 17:04

    Real Sanjik haqiqatan ham qamaldimi?

    Holat yuzasidan Oliy sud Jamoatchilik bilan aloqalar markazi rahbari rasmiy munosabat bildirdi.

    '25 yil qidiruvda boʻlgan terrorist Oʻzbekistonga qaytarildi'ning rasmi

    Jinoyat 27.11.2025 09:29

    25 yil qidiruvda boʻlgan terrorist Oʻzbekistonga qaytarildi

    Unga nisbatan terrorizm, yollanish va konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish kabi bir qator moddalar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.