
- Yarim uchburchak shaklli lab bo`yog`i sohibasi tartib-qoidalarni hurmat qiluvchi, mantiqiy fikrlovchi, og`ir-vazmin, shuningdek har ishni o`z vaqtida qilishga o`rgangan xonimdir.
- Oval shaklidagi lab bo`yog`i – ijodkor, hamisha yangilik yaratishga moyil bo`lgan ayollarga tegishli. Ularning didi baland bo`lib, tabiatan murosa qilishga moyil, har qanday sharoitda ham odamlar bilan kelishib keta oladi.
- Tekis kesilgan – ishonchli va sirdosh bo`la oladigan ayollarga xos lab bo`yog`i. Bunday ayollar his-tuyg`ularga berilmaydi, tez va to`g`ri qaror qabul qila oladi.
- Qiya kesimli – o`ziga ishonchi baland, maqsadiga etishishi uchun har qanday to`siqni ham pisand qilmaydigan ayollar lab bo`yog`i. Rahbarlikka intiladi.
- Tekis yarim chuqurchali kesim – his-tuyg`ularga moyil, ko`ngli yumshoq ayollarning lab bo`yog`i shunday shaklda bo`ladi. Ular har qanday odamni o`zlariga maftun etish iqtidoriga egalar.
- Yarimoy shaklidagi lab bo`yog`i hamma narsaga burnini suqishni yaxshi ko`radi, juda qiziquvchan. Mardligi ham, tadbirkorligi ham bor. Bir so`z bilan aytganda, fe`lini oddiy deb bo`lmaydi, istak va xohishlari tez-tez o`zgarib turadi.
- Uchli oval lab bo`yog`iga ega ayollarni odatda, “shiringina ekan” deb ta`riflashadi. O`zini oilasiga baxshida etishga tayyor, xonadoningizning haqiqiy farishtasi bo`lishi mumkin. Boshqarish ham qo`lidan keladi, o`jargina, doimo muloqotga muhtoj.
- Uchburchak shaklli lab bo`yog`i egasining olijanob va sinchkov ekanligidan dalolat beradi. U atrofdagilarning e`tiboriga tushishni istaydi, sirliligi ham bor, ba`zan faqat o`zi haqida o`ylashi ham mumkin. Hayotni sevadi.





