AsosiyBu qiziq

Trump “green kard” lotereyasi dasturini vaqtincha to'xtatdi

AQSHda sodir bo‘lgan ommaviy otishmalar ortidan “green kard” lotereyasi dasturi to‘xtatildi

'Trump “green kard” lotereyasi dasturini vaqtincha to'xtatdi'ning rasmi

Brown universiteti va Massachusets texnologiya institutida (MIT) yuz bergan otishmalar fonida AQSh prezidenti Donald Tramp 18 dekabr kuni “green kard” (Diversity Visa) lotereyasi dasturini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, prezident topshirig‘iga asosan AQSh Fuqarolik va immigratsiya xizmati (USCIS) mazkur dasturni to‘xtatgan. Qaror Brown universitetidagi otishmada gumon qilingan shaxs aynan ushbu dastur orqali AQShga kirgani sababli qabul qilingan.

"Bu dahshatli jinoyatni sodir etgan shaxs umuman mamlakatinga kirutilmasligi kerak edi", — deya ta’kidladi vazir.

Ma’lumot uchun, Diversity Visa dasturi har yili AQShda kam vakillikka ega bo‘lgan davlatlar fuqarolari uchun lotereya asosida 50 mingtagacha doimiy yashash huquqini beradi. Ushbu davlatlarning katta qismi Afrika qit’asida joylashgan.

2025-yilgi lotereyada qariyb 20 million kishi ishtirok etish uchun ariza topshirgan. G‘oliblar va ularning turmush o‘rtoqlarini qo‘shib hisoblaganda, 131 mingdan ortiq kishi tanlab olingan. Biroq ular AQShga kirishdan oldin majburiy xavfsizlik va hujjat tekshiruvlaridan o‘tishi lozim.

    Boshqa yangiliklar