AsosiyJamiyat

Bugun qaysi hududlarda qor yog‘ishi ma’lum bo‘ldi

21 dekabr kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

'Bugun qaysi hududlarda qor yog‘ishi ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

"O'zgidromet" ma'lumotlariga ko'ra, 21 dekabr kuni mamlakat bo'yicha havo o'zgaruvchan bo'ladi. Aksariyat hududlarda kechasi va kunning birinchi yarmida qor, ayrim joylarda yomg'ir va qor yog'ishi, tuman tushishi kutilmog'da. Yo'llarda ba'zi joylarda yaxmalak hosil bo'lishi mumkin.

 

Shamol g'arb yo'nalishidan shimoli-sharqqa o'zgarib, tezligi 3–12 m/s bo'ladi. Toshkent shahrida kechasi 0–2°C sovuq, kunduzi 0–2°C iliq bo'lishi kutilmog'da. Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida kechasi 0–5°C sovuq, kunduzi 0–5°C iliq; Buxoro va Navoiyda kechasi 0–5°C sovuq, kunduzi 0–5°C iliq bo'ladi. Qoraqalpog'iston va Xorazmda kechasi 0–5°C sovuq, kunduzi 2°C sovuq – 3°C iliq bo'lishi prognoz qilinmog'da.

 

Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida kechasi 2°C sovuq – 3°C iliq, kunduzi 0–5°C iliq bo'ladi. Respublikaning tog'li hududlarida vaqti-vaqti bilan qor yog'adi, kechasi 3–8°C sovuq, kunduzi 0–5°C sovuq bo'lishi kutilmog'da. 

    Boshqa yangiliklar