AsosiySUG'DIYONA

Rita Xazan tavsiya etadi: bo`yalgan sochlarga parvarish zarur!

Rita Xazan AQShning eng dongdor stilistlaridan biri.  Uning mijozlari orasida Jennifer Lopes, Jessika Simpson, Selin Dion kabi mashxur yulduzlarni ko`rish mumkin. Dunyoga mashhur stilistning bo`yalgan sochlar parvarishi borasidagi saralangan reseptlarini sizga ilindik.

1.     Eng muhim qoidani eslab qoling, sochlaringizni faqat go`zallik salonlarida bo`yating. Faqat malakali mutaxassisgina yuz shakli va teri rangiga mos bo`yoqni tanlab beroladi.

2.     Bo`yalgan sochlarni quyosh nurlaridan asrang, ultrabinafsha nurlari bo`yalgan sochlarni zararlantirishi mumkin.

3.     O`zgarishlarning tarafdori bo`lsak-da, har hafta soch bo`yashni tavsiya etmaymiz. «Tajriba»lar orasi hech bo`lmasa, to`rt haftani tashkil etsin.  Bu vaqt oralig`ida sochlar o`zini tiklab oladi.

4.     Sochni yuvishda chayish texnikasiga ahamiyat bering. Deylik, sochni chayishda iliq suvdan foydalanish mumkin. Bunda soch tomirlari mustahkamlanib, rangi yorqinlashadi.

5.     Sochni tarayotganda katta tishli taroqlardan foydalaning.

6.     Fendan foydalanganda uni tepadan pastga qarab yo`naltiring. Bu usulda fendan chiqayotgan issiq havo sochlarni tomiridan boshlab ko`taradi.  Shunda sochlar rangi yanada yorqinroq bo`ladi.

Boshqa yangiliklar