Zarur masalliqlar: 4-5 ta kartoshka, bitta o`rtacha kattalikdagi gulkaram, 2 stakan smetana, 2 ta pomidor, 100 gr. pishloq, 2 dona tuxum, 2 osh qoshiq mayonez, tuz, o`simlik yog`i.
Tayyorlanishi: 1. Gulkaramni qaynab turgan tuzli suvga solib, 15 daqiqa qaynating. Pishgach, bo`laklarga ajrating. Kartoshkalarni archib, xalqa shaklida to`g`rang.
2. Mayonezga tuxum va tuzni aralashtiring. Pomidorlarni xalqa shaklida to`g`rang.
3. Toblama tayyorlash uchun ishlatiladigan idish yoki qolipning tagiga ozgina o`simlik yog`i surting. So`ng to`g`ralgan kartoshkalarni bir qavat qilib tering. Ustidan bir qavat gulkaramni joylang. Smetana terilgan masalliqlar ustidan quying. Shu ketma-ketlikda kartoshka va gulkaramni joylaysiz, har qavatiga smetana quyasiz. Eng ustki qavatiga pomidorlarni terib, aralashtirilgan mayonez quying va ustidan qirg`ichdan chiqarilgan pishloqdan seping. Gulkaramli toblama 170 daraja qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqa davomida pishiriladi.
Tayyorlanish vaqti: 40 daqiqa.





