1. Xom sabzavotlarni plastmassa taxtakachda to`g`rang. Aks holda, yog`ochlisi sabzavot sharbati va hidini o`ziga singdirib oladi. Keyin o`sha o`tkir hid boshqa sabzavotlarga ham urib qolishi mumkin.
2. Xom sabzavotli salatlarni avvaldan emas, stolga tortishga bir necha daqiqa qolganida tayyorlang.
3. Qaynatilgan sabzavotlarni butunlay soviganidan so`nggina to`g`rang. Sovuq maxsulot bilan issiq maxsulotni aralashtirish salat ta`mini buzadi.
4. Qaynatilgan sabzavotlar yumshab qolmasligi va mazasi taxir bo`lmasligi uchun ular qaynayotgan suvga bir choy qoshiq shakar soling.
5. Salatga solinadigan kartoshka ezilmasligi va mazali bo`lib pishishi uchun kam suvda qaynating. Yoki zar qog`ozga o`rab, gaz pechida pishirib oling.
6. Tayyor salatlarni uzoq saqlash uchun shishali yoki emal idishda saqlang.
7. Salatni faqatgina tarkibiga kiruvchi maxsulotlar bilan bezating. Shunda mazasi o`zgarmaydi.
8. Har qanday salatni muzlatgichda 12 soatdan ortiq saqlab bo`lmaydi.
9. Qavat-qavatli salatlar mayonezga to`yinib, mazali bo`lishi uchun qavatini yupqaroq va kamroq qiling.
10. Sabzavotlarni iloji boricha alohida alohida qaynating, shunda ularning ta`mi va rangi buzilmaydi.
11. Tayyor sabzavotlarni aslo suvda sovutmang, aks holda ular shilimshiq bo`lib qoladi va po`stidan tozalashga qiynalasiz. Bu mazasiga ham ta`sir qilishi mumkin.





