1

«Dengiz hukmdori» - eganlar darmonda, emaganlar armonda!

SUG'DIYONA 22.12.2016, 15:36
Teglar: Taom
«Dengiz hukmdori» - eganlar darmonda, emaganlar armonda!

Zarur masalliqlar: 1 kg. baliq go`shti, 2-3 ta qizil bulg`or qalampiri, bitta sabzi, 3-4 dona pomidor, 1 bosh piyoz,  yarimta limon sharbati, ko`katlar, tuz; sousi uchun: 3 osh qoshiq o`simlik yog`i, 3 bo`lak sarimsoqpiyoz, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Bulg`or qalampiri va pomidorni to`rtburchak shaklda to`g`rang. Sabzini qirg`ichdan o`tkazing.

2. O`simlik yog`i solingan tovada to`g`ralgan piyozni qizartirib qovuring. So`ngra pomidor, sabzi va bulg`or qalampirini qo`shib, aralashtiring. Pomidorning sharbati ajralgach, to`g`ralgan ko`katlarni soling. Oxirida limon sharbati sepib, olovni o`chiring.

3. Sous uchun o`simlik yog`iga ezilgan sarimsoqpiyoz, tuz va murch qo`shing.

4. Tozalangan baliq ichiga sabzavotli qaylani soling-da, ustidan sousni quying. Baliqlarni patnisga joylab, qizdirilgan gaz pechiga qo`ying. Taom o`rtacha haroratda 30-40 daqiqada tayyor bo`ladi. Pishgach, butunligicha dasturxonga torting.

Tayyorlanish vaqti: 1 soat

8 kishilik

Sharhlar

​«Osiyo» salati — baqlajon va no`xatdan!

30.06.2017, 15:55

Zarur masalliqlar: 200 gr. qaynatilgan no`xat, 2 donadan baqlajon, pomidor va bulg`or qalampiri, 3 bo`lak sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiq soya sousi, o`simlik yog`i, limon sharbati,...
​«Yoz» pirogi — olma va tvorogning ajoyib uyg`unligi

24.06.2017, 11:23

Zarur masalliqlar: xamiriga: 270 gr. un, 180 gr. sariyog`, 80 gr. shakar, 1 dona tuxum, yarim choy qoshiq xamiryumshatgich, tuz; ichiga solishga: 750 gr. tvorog,...
​O`rikli chizkeyk — yoz yozdek o`tsin!

23.06.2017, 11:11

Zarur masalliqlar: 300 gr. tvorog, 200 gr. o`rik mevasi, 200 ml. smetana, 180 gr. shakar, 100 grammdan uvadalanuvchi pechene va sariyog`, 2 dona tuxum, pichoq...
​Jahongir Otajonov moskvaliklarga xorazmcha “shivit oshi” tayyorlab berdi(Foto)

22.06.2017, 13:44

O`zbek estradasida “jonli ijro qiroli” nomini olgan xonanda Jahongir Otajonov nafaqat yaxshi san`atkor, balki mohir oshpaz ekanligini ko`pchilik bilmasa kerak. Xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga o`z...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1