AsosiyBu qiziq

Bitcoin narxi oxirgi oylardagi eng past darajaga tushdi

3 fevral kuni kechqurun bitkoin kursi 2024 yil noyabridan beri ilk bor keskin pasayishni qayd etdi.

'Bitcoin narxi oxirgi oylardagi eng past darajaga tushdi'ning rasmi

Ma’lum qilinishicha, bitcoin narxi 72,9 ming dollargacha tushgan bo‘lib, bu AQShda 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida Donald Trump g‘alaba qozonganidan beri qayd etilgan eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.

Trumpning saylovdagi g‘alabasidan keyin kriptovalyutalar bozorida keskin o‘sish kuzatilgan, investorlar yangi prezident raqamli aktivlarga nisbatan ijobiy siyosat yuritishiga umid qilgan edi. Natijada bitcoin va boshqa kriptovalyutalar bir necha bor tarixiy rekordlarni yangilagan. Biroq vaqt o‘tishi bilan bozor pasayishga yuz tutdi va oldingi o‘sish deyarli to‘liq yo‘qoldi.

So‘nggi 24 soat ichida bitcoin 2,8 foizga arzonlagan, bir hafta davomida esa uning qimmati 14 foizga pasaygan. Toshkent vaqti bilan soat 13:00 holatiga ko‘ra, bitcoin taxminan 76,4 ming dollar atrofida savdo qilingan.

Qayd etilishicha, 2025 yil 6 oktyabr kuni bitcoin tarixiy maksimum — 126 ming dollarga yetgan edi. O‘shandan buyon uning narxi qariyb 40 foizga pasaygan.

Shu bilan birga, kriptovalyutalar bozorining umumiy kapitalizatsiyasi so‘nggi 24 soat ichida 2 foizga qisqarib, 2,59 trillion dollarga tushgan.

    Boshqa yangiliklar