Umuman, tilla yordamida kelajak haqida ham bilib olish mumkin. Uning uchun tilla zanjir kerak. Uydagilarning hammasi uyquga ketganda, tilla zanjiringizni olib, ikki qo`lingiz bilan to tilla isiguncha yaxshilab ishqang. Shundan so`ng xayolan o`zingizni qiziqtirgan savolni o`ylang. Zanjirni o`ng qo`lingizga olib, tezlik bilan stolga irg`iting. Tilla taqinchoqning hosil bo`lgan shakli savolingizga javobdir.
- Agar zanjir bant shaklida bo`lsa, sizni tanishuv yoki to`y va umuman yaxshilik kutmoqda.
- Agar zanjir sakkiz shaklida bo`lsa, sizni noxushlik kutmoqda.
- Aylana shakl esa sizning qiyin ahvolda qolganingizni bildiradi.
- Agar ilon shaklida bo`lsa, ehtiyot bo`ling, sizga xiyonat qilishlari mumkin.
- Uchburchak esa omaddan darak, ayniqsa muhabbat bobida.
- Bir tekis chiziq ham omadli kunlar yaqinligidan, ajoyib yangiliklar kutayotganligidan darak.
- Agar zanjir tugun shaklida bo`lib qolsa, kasallik va noxushliklarni bildiradi.
- Yurak shaklida «o`tirib qolgan bo`lsa, demak, siz sevilib yashamoqdasiz va bu muhabbat sizga baxt keltirar ekan.
Asosiysi, ushbu zanjir haqiqiy tilladan bo`sin, shunda fol to`g`ri chiqadi.





