Tilla taqinchoqlarni har bir ayol kishi yoqtirsa ajab emas. Ammo tilla taqinchoqlar ham faqat boylik va go`zallik ramzi bo`libgina qolmay, atrof-muhitdan keladigan axborotni o`zida jamlaydigan va qayta ishlaydigan vosita hamdir.
Tilla taqiinchoqlar o`ziga xos energetik maydonga ega bo`lib, kishi sog`ligiga ham ta`sir ko`rsatadi. Masalan, ba`zida ayollar yillab farzandsizlik kasalidan azob chekishadi. Buning bir sabablaridan biri, nomsiz barmoqqa tunu kun taqib yuriladigan nikoh uzugi ham bo`lishi mumkin. Nomsiz barmoq esa ichki sekresiya bezlari, sut bezlari, tuxumdonlar bilan bog`liq bo`lib, tilla ularga noxush ta`sir qilishi ham mumkin.
Tillani davolash vositalarida ham qo`lashadi. Qadimdan tabiblar tilla bilan davolash usullaridan xabardor bo`lishgan. Masalan, tish og`riganda nikoh uzugini ipga bog`lab, suv to`la idishga solib, soat miliday aylantiring va tishingiz og`rig`i yo`qolishini tilang. Shu suvni olib qo`yib, tishingiz og`riganda chayishingiz mumkin.
Tilla bilan bog`liq irimlar ham bor. Masalan, ba`zi xalqlarda qiz bola nikohdan o`tayotganda onasining, buvisining nikoh uzugini taqishi yaxshilikka olib kelmaydi, deya hisoblanilgan. Necha yillardan o`tib kelgan uzukni taqqandan ko`ra, oddiygina bo`sa-da, o`z nikoh uzugingizni taqish yaxshiroq, deydilar.