AsosiyJamiyat

Samarqandda ichki aʼzolariga qariyb 800 gramm opiy yashirgan er-xotin qoʻlga tushdi

Skanner orqali o‘tkazilgan ko‘rikda ayolning ichki a’zolariga 3 dona o‘ram, erkakning ichki a’zolariga esa 4 dona o‘ram yashirilgani aniqlandi.

'Samarqandda ichki aʼzolariga qariyb 800 gramm opiy yashirgan er-xotin qoʻlga tushdi'ning rasmi

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan qariyb 800 gramm opiyni yashirin olib kirishga urinish fosh etildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lum qilinishicha, Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi va “Jartepa” chegara bojxona posti xodimlari qo‘shni davlatdan kirib kelgan yo‘lovchilardan birini shubha asosida tekshirgan. Skanner orqali o‘tkazilgan ko‘rikda ayolning ichki a’zolariga 3 dona o‘ram yashirligani aniqlandi.

Shifokorlar ishtirokida o‘ramlar ochib ko‘rilganda, ularning ichidan jami 255 gramm opiy moddasi topilgan. Mazkur shaxsga hamrohlik qilgan turmush o‘rtog‘i ham tezkor kuzatuvga olinib, tibbiy muassasada ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Ko‘rik davomida erkakning ichki a’zolaridan 4 dona o‘ram chiqarib olingan bo‘lib, ularda 541 gramm opiy borligi aniqlandi. Natijada “jonli konteyner” usulida jami 796 gramm opiy moddasini olib kirishga urinishning oldi olindi, tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar