AsosiyJamiyat

Putin Jeneva muzokaralaridan so‘ng hisobot yig‘ilishi o‘tkazdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzolari bilan yigʻilishida Ukraina masalasi boʻyicha Jenevadagi muzokaralarda ishtirok etgan delegatsiyadan hisobot soʻradi.

'Putin Jeneva muzokaralaridan so‘ng hisobot yig‘ilishi o‘tkazdi'ning rasmi

Ma'lumotlarga ko'ra, 17–18 fevral kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida Rossiya, Ukraina va AQSH vakillari o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tgan. Medinskiy ular qiyin, ammo ishchan ruhda o'tganini aytdi.

Yakunda hech qanday hujjat imzolanmagan, faqat Shveytsariya tomoni uchrashuvni yuqori darajada tashkil etgani qayd etilgan.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa muzokara natijalarini yetarli emas deb baholagan va navbatdagi uchrashuvni fevral oyida o'tkazishni maqsadga muvofiq deb bildi.

    Boshqa yangiliklar