1

«Sog`inch yoshlari» yoxud marjonning ajoyib xususiyatlari xaqida

SUG'DIYONA 23.12.2016, 14:45
Teglar: Ayol, Go`zallik, SUGDIYONA
«Sog`inch yoshlari» yoxud marjonning ajoyib xususiyatlari xaqida

Marvarid, dur qadimdan ayollarning sevimli taqinchog`i bo`lib kelgan. Ammo uning ajoyib xususiyatlarni ham o`zida jamlaganidan xabardormisiz?

 

Qadimdan marvaridning turli xillari ma`lum. Marjonning oq, qora, sut rang, pushtir rang hamda shaftoli ranglari ma`lum. Shuningdek, unga kishilarga mehr-muhabbat keltiruvchi ramz sifatida va turli yomon ko`zlardan asrovchi tumor sifatida ham ishlatishgan.

Astrologlarning fikricha, Baliq burji ostida tug`ilgan kishilar uchun marjon taqib yurish ayni muddao. Marjonli uzuk kishilarni o`g`rilardan himoya qilar ekan. Yomon odamlar qo`liga tushib qolgan marjon  esa qorayib, yoki ba`zan hatto titilib ham ketishi mumkin. Shuningdek, marvaridning egasi vafot etguday bo`lsa ham bu noyob munchoq shunday ahvolga tushar ekan. Shuning uchun ham ko`pchilik durni «sog`inch yoshlari» deb ham atashar ekan.

 

Foydali xususiyatlari

Tarkibida marvarid mavjud preparatlar teri kasalliklarini davolashda, tishlarni mustahkamlash hamda yurak-qon tizimi xastaliklarida davo hisoblanadi. Ancha vaqt marvarid solib qo`yilgan suv kishidagi moddalar almashinuvi orqali yuz beradigan kasalliklar, ayollar xastaligi kabi kasalliklarda davo hisoblanar ekan. Bunday suv bilan dori ichish yoki dorivor o`tlarni qaynatib ichish mumkin ekan.

Marjon ipi bilan bosh bog`lansa, ichki organlarning turli shamollashini olib, allergiya, ekzema, astma, jigar, buyrak kabi kasalliklarni davolashda yordam beradi.

Ko`zlaringizda muammongiz bo`lsa, durga ancha payt tikilib o`tiring. U ko`z nurini ravshanlashtirish xususiyatiga ham ega ekan.

Shu bilan bir qatorda marvarid o`ziga xos tashxis vazifasini ham o`tashi mumkin. Masalan, agar u o`z-o`zidan qorayib yo xiralashib qolguday bo`lsa, sog`ligingizga e`tiborliroq bo`lishingiz lozimligini anglatadi.

 

Marvaridni qanday asrash kerak?

Marvaridni to`g`ri saqlay bilish ham lozim. Uni yumshoq matoga o`rab, saqlash lozim. Munchoqlar shodasidagi marjonlar bir-biriga tegmasligi kerak, shuning uchun ular orasida tugunlar qilib qo`yish lozim. Marvaridni boshqa zargarlik buyumlari bilan birga saqlash kerak emas.

Profilaktika sifatida marvaridni vaqti-vaqti bilan toza suvga solib qo`yib, keyin toza mato ustida quritish lozim. Marvarid o`tkazilgan ipni har ikki-uch yilda alishtirish lozim. Agar marvarid xiralashib qolgan bo`lsa, uni sovunli suvda yuvib, so`ng toza suvda chayib olish kerak. Marvaridlarni kartoshka kraxmalida tozalab olish ham mumkin.

Shu bilan bir qatorda marvarid «qarib» qolmasligi uchun uni tez-tez taqib ham yurish kerak: inson tanasi bilan «aloqa» bu toshni ancha «tiriltiradi». Ammo shu bilan bir qatorda unutmaslik kerakki, turli parfyumeriya mahsulotlari, ter ham marvarid yuzasini yomonlashtiradi.   Shuning uchun marvaridni taqishdan oldin dush qabul qilib, atirni esa uni taqishdan kamida 10 daqiqa avval surish lozim.

Ha, biz oddiygina bezak sifatida qaraydigan marvaridda mana shuncha «xislat»lar mavjudligi hayratlanarli, shunday emasmi? Umuman, bu dunyo mo``jizalarga boy. Va bizga Alloh tomonidan yuborilgan xar bir ne`matning o`zi mo``jiza. Uni avaylab-asrash o`zimiz uchungina foyda, xolos. 

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
"Go`zallikning kelib chiqishi" loyihasi inson go`zalligi har xil bo`lishi mumkinligini ko`rsatdi(foto)

03.12.2020, 19:22

Insoniyatning etnik xilma-xilligini o`rganish uchun "Go`zallikning kelib chiqishi" nomli loyiha tashkil etildi. Millatlar go`zalliklari o`rtasidagi tafovutni namoyon etish uchun turli mamlakat vakillari suratga tushirilmoqda.Loyihada 18 yoshdan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1