AsosiyJamiyat

Петербургда болани қутқарган ўзбекистонлик “Жасорат” медали билан тақдирланди

Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Sankt-Peterburgda qulayotgan bolani ushlab qolgan Xayrullo Ibadullayev davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

'Петербургда болани қутқарган ўзбекистонлик “Жасорат” медали билан тақдирланди'ning rasmi

Sankt-Peterburgning Petrozavodskaya ko‘chasida yetti yoshli bola ko‘p qavatli uy ettinchi qavati karniziga chiqib qolib, bir necha soniyadan so‘ng pastga qulab tushgan. Shu paytda uy yonida ishlayotgan o‘zbekistonlik Xayrullo Ibadullayev bolani havoda ushlab qolib, zarbani yumshatgan va shu orqali uning hayotini saqlab qolgan.

Ma’lum qilinishicha, u bolani bag‘riga bosib, pod’yezdga olib kirgan va tez yordam kelguniga qadar unga yordam ko‘rsatgan. Bola omon qolgan, hozirda shifokorlar nazoratida bo‘lib, ahvoli barqaror deb baholanmoqda. Xayrullo Ibadullayevning o‘zi ham yengil tan jarohatlari olgan.

Ushbu jasorati uchun O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan Xayrullo Ibadullayev “Jasorat” medali bilan mukofotlandi. Qayd etilishicha, u favqulodda vaziyatda o‘z hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yib, yuqsat mardlik, qahramonlik va fidoyilik fazilatlarini namoyon etgan.

    Boshqa yangiliklar