Shavkat Mirziyoyev 23 fevral kuni iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi.
Uchrashuvdan maqsad “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini muhokama qilish bo‘ldi. Xususan, iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish, xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim tizimi salohiyatini oshirish va xorijiy investorlar bilan samarali aloqalarni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, maslahatchining asosiy vazifalaridan biri sifatida xalqaro tajribani joriy etish va O‘zbekistonning investitsiya salohiyatini xalqaro maydonda targ‘ib qilishga qaratilgan ishlar muhokama qilindi.






