AsosiyJamiyat

Oʻzbekiston ulamolari Mirziyoyevga maktub yoʻlladi

Унда Президентнинг Рамазон арафасида эҳтиёжмандларга ажратган маблағлари ва диний соҳадаги ислоҳотлари алоҳида эътироф этилган.

'Oʻzbekiston ulamolari Mirziyoyevga maktub yoʻlladi'ning rasmi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi va tanigli ulamolar Shavkat Mirziyoyevga Ramazon oyi munosabati bilan maktub yo‘lladi.

Maktubda Prezident tashabbusi bilan Ramazon oyi arafasida «Vaqf» xayriya jamoat fondiga 750 milliard so‘m va Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali 300 milliard so‘m mablag‘ ajratilgani alohida ta’kidlanib, bu qaror minglab ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilayotgani qayd etilgan.

Shuningdek, ulamolar mamlakatta masjidlarda Xatmi Qur’onlar o‘tkazilayotgani, diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, islom merosini asrash va targ‘ib qilishga qaratilgan ishlarga yuqori baho bergan.

Maktub so‘ngida ulamolar Prezidentni Ramazon oyi bilan tabriklab, unga mustahkam sog‘lik va faoliyatida muvaffaqiyatlar tilagan.

    Boshqa yangiliklar