Zarur masalliqlar: xamiriga: 250 gr. un, 200 ml. sut, 3 osh qoshiq o`simlik yog`i, 2 choy qoshiq xamirturush, 1 choy qoshiq shakar, tuz; ichiga solishga: 300 grammdan tovuq go`shti va qo`ziqorin, 250 gr. pishloq, 2 dona pomidor, 2-3 osh qoshiq tomat yoki ketchup, rayhon, o`simlik yog`i, tuz, murch; yuziga surtishga: bitta tuxum sarig`i.
Tayyorlanishi: 1. Iliq sutga shakar va xamirturushni solib, ustini sochiq bilan yoping-da, issiq joyga qo`ying.
2. 15 daqiqadan so`ng sutga o`simlik yog`ini qo`shing. Keyin tuz va un solib, xamir qoramiz. Xamirni sochiqqa o`rab, 45 daqiqa oshishini kutamiz.
3. Tovuq go`shti, pomidor va qo`ziqorinni maydalab to`g`rang. Pishloqni kattaroq qilib aylana shakldagi bo`laklarga bo`lamiz. Rayhonni ham maydalaymiz.
4. Qizdirilgan o`similk yog`ida tovuq go`shtini qovuring. Go`sht ranggi o`zgargach, qo`ziqorinni qo`shib, tuz, murch seping-da, 15-20 daqiqa past olovda qoldiring.
5. Xamirni 2 yoki 3 zuvalaga bo`lib, yoyamiz. Bir tomoniga tomat surtib, tovuq go`shtli aralashmani soling. Ustidan rayhon sepasiz-da, pishloq bo`laklarini joylaysiz.
5. Xamirni yarim oy shaklida tuging. Tuxum sarig`idan surtib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 30-35 daqiqaga qo`ying.
2 soat
6 kishilik





