AsosiySUG'DIYONA

Yuzni qanday ozdirish mumkin?

Vazn ortishi faqat qorin va bo`ksaga soya soladi, desangiz adashasiz. Yuzingiz ham bu «baxt»dan bebahra qolmaydi. Yonoqlar shishib, qovoqlarning «to`n»i qalinlashadi. Peshana, daxan terisi esa sevinchdan yoyilib ketadi. Bunday bo`lishini istamaysiz-a?! Unda yuz uchun ozdiruvchi mashqni kanda qilmang.

  1. (ketma-ketligi eniga qarab ketgan) Avval qo`l kaftlarini bir-biriga ishqalang. So`ng ko`z atrofi terisini ko`rsatkich barmoq yordamida asta uqalang.
  2. Og`izni harakatga keltiring. «O», «U»,«E» harflarini 3-4 marta qaytaring.
  3. Peshanani ikki qo`l kafti bilan ushlab, barmoqlaringizni xuddi pianino chalayotgandek holatga keltiring.
  4. Barmoqlarni suratdagi kabi ko`rinishga keltirib, qosh atrofini engil uqalang.
  5.  Tanaffus qilamiz. 3 daqiqa hech qanday harakat bajarilmaydi.
  6. Og`izni suratdagi kabi holatga keltiring. Barmoqlar bilan yonoq terisini pastdan yuqoriga paypaslang.
  7. Boshni xiyol ko`tarib, daxan qismini uqalang.
  8. Ko`zlarni yuming. Barmoq uchida qovoq ustini engil paypaslang.
  9. Barmoq uchida yuzning barcha qismlarini «chumoli yurish» usulida engil paypaslab chiqing. 

Boshqa yangiliklar