AsosiyJamiyat

Toshkentda 33,4 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi.

Ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

'Toshkentda 33,4 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi.'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda poytaxt va viloyat hududida noqonuniy dori savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi.

Ma’lum qilinishicha, Zangiota tumanida yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan shaxs va uning samarqandlik tanishi Toshkent shahrida to‘xtatilib tekshirilganda, ularning yonidan 8400 dona “Regapen” dori vositasi topilgan.

Shuningdek, Chilonzor tumanidagi vaqtincha ombor sifatida foydalanilgan xonadondan yana 12600 dona “Regapen”, 10 ming dona qo‘lbbola usulida tayyorlangan dorilar, 500 dona idish va mini-printer ashyoviy dalil sifatida olingan.

Yana bir holatda esa 1994 yilda tug‘ilgan shaxs 6 dona “Zardeks”ni 600 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Tergov davomida unga dori yetkazib berib turgan, muqaddam sudlangan namanganlik fuqaro ham qo‘lga olindi. Uning avtomashinasidan 12400 dona “Zardeks” va 14 dona “Regapen” musodara qilindi.

Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Oʻzbekiston TIV fuqarolarga Yaqin Sharqqa safarlarni kechiktirishni tavsiya qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:29

    Oʻzbekiston TIV fuqarolarga Yaqin Sharqqa safarlarni kechiktirishni tavsiya qildi

    Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashayotgani sabab fuqarolarni xorijga chiqish masalasida ehtiyotkor boʻlishga chaqirdi.

    'Umradagi o‘zbekistonliklar uchun maxsus qaytarish reyslari yo‘lga qo‘yiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:20

    Umradagi o‘zbekistonliklar uchun maxsus qaytarish reyslari yo‘lga qo‘yiladi

    “Uzbekistan Airways” Umra dasturi doirasida Saudiya Arabistoniga olib borilgan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish uchun maxsus reyslar tashkil etilishini ma’lum qildi.

    'AQSH rasmiylari Xomanayiy o‘limi rejim o‘zgarishiga olib kelishiga shubha bilan qaramoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:01

    AQSH rasmiylari Xomanayiy o‘limi rejim o‘zgarishiga olib kelishiga shubha bilan qaramoqda

    AQShning yuqori martabali amaldorlari Eron oliy rahbari Ali Xomaney o‘ldirilgan taqdirda ham bu darhol rejim almashishiga olib kelishiga ishonmayapti.

    'Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharq davlatlariga hamdardlik bildirdi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:08

    Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharq davlatlariga hamdardlik bildirdi.

    Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov qator Yaqin Sharq davlatlari rahbarlari bilan telefon orqali muloqot qildi.

    'Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi yana ogohlantirish bilan chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat 01.03.2026 15:01

    Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi yana ogohlantirish bilan chiqdi

    Isroildagi o‘zbekistonliklar ogohlantirilmoqda.