Uning oilasiga Prezident sovg‘asi sifatida uch xonali uy taqdim etildi.
Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, marosimda vazirlik rahbariyati, poytaxt jamoatchiligi, marhumning safdoshlari hamda oila a’zolari ishtirok etgan. Tadbirda xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlar xotirasi yod etilib, yodgorlik lavhasi poyiga gulchambarlar qo‘yildi.
Qayd etilishicha, tadbir davomida Ichki ishlar vaziri Xosilbek Eshnazarovning xizmat faoliyati va uning jasorati alohida ta’kidlangan. Shuningdek, davlat tomonidan uning oilasi doimiy e’tiborda bo‘lishi aytilgan.
Ma’lum qilinishicha, marhum Prezident farmoni bilan “Jasorat” medali bilan taqdirlandi. Medal marosimda uning otasiga topshirildi. Shu bilan birga, Prezident sovg‘asi sifatida Eshnazarovlar oilasiga uch xonali uy berildi.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yil 25 fevral kuni Mirabod tumanida voyaga yetmagan Doniyor Turg‘unov avtomashinada YPX inspektori Xosilbek Eshnazarovni urib yuborgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmogda.
Gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi va 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan ayb qo‘yilgan. Sud qarori bilan unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.






