Ma’lum qilinishicha, Shrivport shahrida 19 aprel tongida sodir bo‘lgan ommaviy otishma oqibatida 10 kishi jabrlangan, ularning 8 nafari halok bo‘lgan. Qurbonlarning yoshi 1 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgani aytilmoqda.
Politsiya xabar berishicha, hodimlar maishiy mojaro haqidagi chaqiruvdan so‘ng voqea joyiga etib borgan. Hodisa bir nechta uy va qo‘shni ko‘chani qamrab olgan. Gumonlanuvchi voqea joyidan qochib, avtomobil o‘girlagan va politsiya tomonidan quvib borish jarayonida otib o‘ldirilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lgan bolalarning ayrimlari gumonlanuvchining farzandlari bo‘lgan. Otishma sabablari hozircha aniqlanmagan. Shahar rasmiylari hodisa yuzasidan chuqur qayg‘u bildirgan.






