Ma'lum qilinishicha, bugun, 20 aprel kuni Yaponiyaning Xonsyu oroli shimolida joylashgan Aomori prefekturasida 7,5 magnitudali zilzila sodir bo'lgan.
Shu munosabat bilan mamlakati milliy meteorologiya xizmati tsunami xavfi haqida ogohlantirgan. Ilk to'lqinlar balandligi 3 metrgacha yetishi va yaqin vaqt ichida qirg'oqlarga chiqishi mumkin.
Xavfli hududlar sifatida Aomori, Ivate va Miyagi prefekturalari, shuningdek, Xokkaydo orolining janubiy qismi ko'rsatilgan. Aholiga ehtiyot choralarini ko'rish va sohil hududlaridan uzoqlashish tavsiya etilmoqda.






