1

Yangi yilda emas, Yangi yilgacha go`zal bo`ling!

SUG'DIYONA 24.12.2016, 11:36
Teglar: Ayol, SUGDIYONA
Yangi yilda emas, Yangi yilgacha go`zal bo`ling!

Soat bonglari baralla yangrashiga roppa-rosa 7 kun qoldi. Demak, pishir-kuydirga ham, go`zal bo`lishga ham ulgurish kerak. Buning uchun esa qilishingiz lozim bo`lgan ishlarni rejalashtirib oling. Sizga ko`maklashish maqsadida sevimli gazetangiz kichik bir reja tuzdi. Demak, go`zallik borasida qilishimiz kerak bo`lgan ishlarni ikkiga:  minimum va maksimum dasturiga ajratdik. Minimum dasturiga kundalik har kuni amalaga oshiriladigan ishlarimizni kiritsak, maksimumida ma`lum vaqt va alohida harakat talab etuvchi yumushlarni bajaramiz.

Soch bo`yashni ortga surmang

Tavsiyamiz, ishni programma maksimumdan, ya`ni sochlardan boshlang. Bu kayfiyatingizni ko`tarib, bayram ruhini his etishingizga ko`maklashadi. Lekin soch bo`yashni tantanali sanaga kamida 15 kun qolganida bajarishni tavsiya etamiz. Mabodo soch rangi ko`ngildagidek chiqmasa, uni «yuvdirish» va qayta bo`yash uchun ham vaqt qolishi kerak. Eslatib o`tamiz, 2017 yilda tabiiy ranglar urfda. Ayniqsa, qora shokolad, to`q-tillarang kashtan, jigarrang tryufel tuslar ko`pchilikning e`tiboriga tushgan. Dunyoga dong`i ketgan stilistlar esa ombre usulidan foydalanishni tavsiya etishmoqda.

Kimga qanday turmak yarashadi?

Agar Yangi yilni butunlay yangi qiyofada qarshilashga qaror qilgan bo`lsangiz, o`zingizga imidj tanlash chog`ida, albatta, yuz shaklingizni inobatga oling. Masalan, yonoqlari bo`rtib chiqqan, do`ngpeshana ayollarni to`trburchak yuzlilar qatoriga kiritish mumkin. Bundaylarga qiyalatib kesilgan «chyolka» tavsiya etiladi. U peshananing bir qismini yopib, yuzni cho`ziqroq ko`rsatish hisobiga chehrangizni ochadi. Agar sochlaringizni dazmol yordamida katta jingalak qilib turmaklashga qaror qilgan bo`lsangiz, jingalaklaringiz tashqariga qaratilganiga e`tibor bering. Kulcha yuzli ayollar esa sochning ildiziga hajm berishlari lozim. Bu yuzni cho`zinchoqroq ko`rsatadi. Qolaversa, yuzning ikki yoniga tushib turgan soch ham sizga chiroy baxsh etadi. Kulcha yuz xonimlarga kaskad turmagi mos keladi. Agar peshanangiz kengrog`-u, jag`ingiz ingichka bo`lsa, demak, siz uchburchak yuzli ayollar qatoridasiz. Uchburchak yuzli ayollarga esa katta va kichik hajmdagi jingalaklar juda yarashadi. Yana «kare» turmagining istalgan ko`rinishini hech ikkilanmay tanlashingiz mumkin.

Aytgandek, yilning eng oldi moda ko`rgazmalarida jingalak sochlar deyarli uchramaganidan bu turmak mashhurligini qo`ldan berib qo`yganligini tushunish mumkin. Uning o`rnini esa turli o`rimlar va sochni yig`ib turmaklash usullari egallab olmoqda. Shodiyonaga tayyorgarlik ko`ra turib, bu ma`lumotlarni ham inobatga olib qo`ying.

«Qoshing qaromu deyin...»

Qoshlarni tartibga keltirishni tantanaga taxminan 10 kun qolganida boshlasangiz bo`ladi. Bu borada beradigan tavsiyalarimiz ko`p bo`lmasa-da, muhim sanaladi. Qoshni terishga chog`lanar ekansiz, ipdek ingichka shakl allaqachon urfdan qolganini eslatib qo`yishni lozim topdik. Biroq qalin qoshlar yaxshi ekan deb ularni o`z holicha qoldirish ham to`g`ri kelmaydi. Yaxshisi, qoshlarni ko`p termay, faqatgina ma`lum shakl berganingiz durust. Bugungi kunda ularni didingizdan kelib chiqib bo`yatish mumkinligini ham unutmang.

Navbat «make up»ga

Yangi yilda barchaning diqqati tabiiy chiroyga urg`u berishni biladigan sanamlarga qaratiladi. Kunduzi «nude» usulida, ya`ni pardozda yorqin bo`yoqlarsiz, faqat teringizga yaqin ranglardan foydalanish tavsiya etiladi. Oqshomgi «make up» uchun ko`zni «smoky  eyes» usulida bo`yash urfda qolmoqda. Yagona o`zgarish sifatida jigarrang tenlardan foydalanishni kiritish mumkin. Yana bu mavsumda stilistlarninng e`tiborini jilosiz (matoviy) qizil, to`q qizil, pushti, olovrang lab bo`yoqlari tortdi. Biroq biz baribir lab bo`yog`i tanlaganda teri, ko`z va soch rangini inobatga olish lozim degan fikrda sobit qolamiz. Demak, oq-sariqdan kelgan ayollarga pushti, qizil, shaftolirang, och qirmizi lab bo`yoqlari mos kelsa, bug`doyrang qizlarimizga to`q qizil rangdagi lab bo`yoqlari yarashadi.

Tirnoqlar ham yoddan chiqmasin

So`nggi yillarda shellak manikyuri ayollarimiz orasida keng tarqalmoqda. Sababi bu manikyur tirnoqlaringizda kamida 3 hafta davomida saqlanadi. Suv va yuqish vositalaridan qo`rqmaydi. Bu muolajani Yangi yil oqshomiga bir hafta qolganida bajarishingizni tavsiya etamiz. Kimdir shellakni salonda qildirsa, ba`zilar uyda ham sinab ko`rishmoqda. Uy sharoitida shellak qilish uchun ultrabinafsha nurlantiruvchi lampa va uch turdagi tirnoq uchun bo`yoq talab etiladi. Birinchi navbatda, tirnoqlarni spirtda namlangan paxtali tampon bilan artib, yog`sizlantirib olasiz. So`ng rangsiz asosni surtib, 10 soniyaga ultrabinafsha nurlari ostida tutib turing. Keyin o`zingiz tanlagan rangni ham tirnoqqa surtib, tirnoqlaringizni yana 2 daqiqiqa davomida lampaga tutib quritasiz.   Ikkinchi marta ham xuddi shu amaliyotni takrorlaysiz. Shunda bo`yog`ingiz yaxshi saqlanadi. Endi asosni surtib, 10 soniya lampa ostiga tutasiz. Keyin tirnoqlarni spirtda namlangan paxtali tamponlar bilan artib chiqasiz. Bunday manikyur tirnoqlaringizda kamida 3 hafta davomida turishi bilan ahamiyatli. Demak, Yangi yil oqshomiga bir hafta qolganida bajarsangiz, keyin shoshib qolmaysiz.

Tabassumingiz maftun etsin

Mana navbat, programma minimumga ham etdi. Bu ro`yxatga kiritilgan ishlarni kundalik yumushlar orasida ham bajarsangiz bo`ladi.

Har birimiz choy, qahva va gazlangan shirin ichimliklarni ichamiz. Ammo ular tishlarimizning sarg`aytirishini hamma ham bilmaydi. Demak, galdagi vazifamiz o`ttiz ikki marjonimiz parvarishlash va oqartirishdan iborat. Buning uchun esa maxsus vosita tayyorlaymiz. Uni tayyorlash uchun 1 dona bananning quritilgan po`sti, 1 choy qoshiqdan mayda osh tuzi, quritilgan moychechak va zaytun moyi kerak bo`ladi. Banan po`sti va moychechakni yaxshilab maydalab, tuz va zaytun moyi bilan aralashtiring. So`ng haftada ikki marta yumshoq chyotka yordamida tishlarni shu aralashma bilan yuvib turasiz. Natija sizni hayratga solishi aniq.

«Tez yordam» niqobi

Agar 31 dekabr kuni pishir-kuydir, supir-sudirning charchog`i yuzingizga soya solayotgannini payqasangiz, darhol ushbu niqobdan foydalanib ko`rishni tavsiya etamiz. Buning uchun yarimta limon sharbati va yarim piyola iliq suv aralashmasida namlangan  paxtali tompon bilan yuzingizni arting. So`ng xamirturushga bir osh qoshiq iliq suv qo`shib, bo`tqa holiga keltirasiz va tozalangan yuzingiz terisiga surtib chiqasiz. Ustidan ikki qavat doka yopib, issiq suvda xo`llangan sochiq bilan o`rab qo`yasiz. 15 daqiqadan so`ng sochiqni olib, yuzni chayasiz-da, avvaldan tayyorlab qo`yilgan  muz bo`lakchalarini yuzga surtib chiqasiz. Qarabsizki, 20 daqiqadan so`ng tashqi ko`rinishingiz a`lo darada bo`ladi.

MAFTUNA tayyorladi.            

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1