To`g`ri tanlangan va surtilgan yog`upa (rumyana) yuz shaklini nozik, latofatli ko`rsatadi va pardozga tabiiylik baxsh etadi.
Oy yuzlilar uchun
Yog`upa yuzning eng botiq qismidan to chakka tomon surtiladi. Shunda yuz cho`zinchoqlik kasb etadi. Dumaloq yuzli qizlar yonoq “olmachalari”ga, ya`ni eng bo`rtib chiqqan qismga yog`upa surtmaganlari ma`qul. Aks holda yuzlari yana ham to`la ko`rinadi.
To`rtburchaksimon yuzlar uchun
Yonoqdan quloq tomon yo`naltirilgan yog`upa yuz qirralaridan e`tiborni chalg`itadi.
Uchburchak yuzlilar uchun
Uchburchak yuzli qizlar yonoqning o`ziga gorizontal yo`nalishda yog`upa surtishlari kerak.
Oval yuzlilar uchun
Oval shakldagi yuz sohibalari yog`upani yonoqning bo`rtib chiqqan qismidan chakkaga tomon surtsalar, maqsadga muvofiq bo`ladi.





